M onolit temirbeton konstruksiyalar




Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/187
Sana25.05.2024
Hajmi6,28 Mb.
#253711
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   187
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

7.4. M onolit temirbeton konstruksiyalar
Qurilish marjmuasida bino va inshootlami monolit temirbeton asosida 
barpo etish dolzarb masaladir. Monolit qurilish tizimi temirbeton konstruk- 
siyalami avvaldan tayyorlangan istalgan shakldagi unifikatsiyalashtirilgan 
yig‘ma qoliplarga qu^igh bilan xarakterli. Bu usulda bino va inshootlar 
qurilganda qurilish vaqti qisqaradi, montaj ishlari keskin kamayadi, 
imoratning mustahkamligi oshadi, qurilish maydonidagi omborxonaga 
zarurat bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda og‘ir metall qoliplar o‘m iga yengil pishiq metall va 
shishaplastik listlardan yig‘iladigan universal qoliplaming ishlatilishi 
monolit qurilish tizimini rivojlantirmoqda.
Monolit temirbeton konstruksiyalar og‘ir va g ‘ovak to ‘ldirgichlar 
asosida tayyorlanadi. Turar joy binolari devorlari yacheykali betonlar 
asosida qurilishi mumkin. Maxsus inshootlar monolit qurilishida o ‘ta 
o g‘ir. Issiqlikka bardoshli, agressiv m uhitlarga chidamli va boshqa 
turdagi betonlar ishlatiladi. Monolit temirbeton uchun armatura zavodda 
yoki bevosita qurilish maydoni yaqinidagi armatura sexida yirik karkas 
bloklari va to ‘rlari ko‘rinishida tayyorlanadi. Beton qorishmasi temirbeton 
zavodida yoki qurilish maydonidagi beton qorish markazida tayyorlanadi.
Beton qorishm asi avtobetonovozlarda tashilishi kerak. Beton 
qorishmasi tashilayotganda qatlamlanmasligi, atmosfera muhiti ta’sirida 
tarkibi o‘zgarmasligi shart. Ayniqsa, 0 ‘zbekistonning quruq issiq iqlimida 
beton qorishmasini tashishda suvsiztanishining oldini olish dolzarb 
masaladir. Hozirgi vaqtda qurilish tiziraida beton qorishmasini quruq 
holda tashib va bevosita obyektning o‘zida suv bilan aralashtirib ishlatish 
yaxshi natijalar bermoqda.
Qurilish maydonida belon qorishmasini uzatish kran, transporter, 
beton-nasos yoki siqilgan havo vositasida ishlaydigan quvurlar orqali 
amalga oshiriladi. Siqilgan havo vositasida ishlaydigan quvursimon 
transport yordamida beton qorishmasini 150 m. gacha masofaga uzatish 
mumkin.
M onolit temirbeton konstruksiyalar uzluksiz yoki davriy usulda 
alohida bloklar yoki bo‘Imalar ko‘rinishida quyiladi. Uzluksiz usul bino 
va inshootda choklar bo‘lmasligi uchun hamda beton tarkibiga maxsus 
talablar q o‘yilganda ishlatiladi. Uzluksiz usulda armaturasi avvaldan
111


zo‘riqtirilgan temirbeton konstruksiyalar, dinamik kuchlanishlar ta’sirida 
ishlaydigan poydevor va shu kabilar tayyorlanadi.
Massiv inshootlar (to ‘g ‘onlar, gradirnyalar, poydevorlar) ishchi 
choklar bilan bloklarga ajratiladi, chunki harorat va kirishish ta’siridan 
hosil bo‘ladigan deformatsiyalanish qurilish yaxlitligiga ziyon yetkazishi 
mumkin.
Beton qorishmasi qatlam-qatlam holda quyiladi va ichki titratkichlar 
yordamida zichlashtiriladi. U qolipga quyilgach, toki beton loyihadagi 
mustahkamlikka erishguncha parvarishlanadi. Bunda sement gidratatsiyasi 
ta’minlanishi uchun harorat va nisbiy namlikni zarur ko‘rsatkichlarida 
ushlab turish kerak.
0 ‘zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida monolit beton quyish 
alohida tadbirlami amalga oshirishni taqozo etadi. Bunda beton qorishma- 
sini tashish, qoliplash, ayniqsa, parvarishlash ishlariga alohida ahamiyat 
berish zarur. Avtomobil yo ‘llari, aerodrom qoplama va sh.k. lari yuzasi 
katta temirbeton monolit konstruksiyalami qurishda betonni parvarishlash 
uchun to‘shalma materiallar (polietilen, polipropilen plyonkasi va b.) yoki 
plyonka hosil qiluvchi polimerlar (etiaol loki, gelpolimerlar) ishlatiladi.
Monolit betonlash qishki mavsumda baj ari lganda beton qorishmasini va 
qotayotgan betonni muzlashdan saqlash asosiy masaladir. Monolit betonni 
muzlashdan asrashning turli usullari mavjud. Betonning issiqlik izolyatsi­
yasi maieriallari bilan vaqtinchalik o‘rab qo‘yish, beton qorishmasi tarkibi­
dagi suvning muzlash haroratini pasaytiruvchi qo‘shimchalar kiritish, «ter- 
mos» usuli shular jumlasidandir.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallari sifatida yarim bikr mineral plita, 
shisha paxta to ‘shamalari, gidioizolyatsiya qoplamali arbolit, ksilolit 
plitalari, g‘ovak, to‘ldirgichlar va shu kabilar ishlatiladi. Xususiy hollarda 
ishlatiladigan «termos» usuliga binoan quyilgan beton kotistruksiyaga 
maxsus egiluvchan m ateriallardan yasalgan «ko‘ylak» kiydiriladi va 
qoplamaning oraliq bo‘shlig‘iga qizdirilgan bug‘ yoki havo yuborib 
turiladi. «Termos» usuli serxarajat va texnik tomonidan amalga oshirish 
murakkab bo‘lgan usul hisoblanadi.

Download 6,28 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   187




Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish