IX BO B. B IT U M L I H A M D A Q A T R O N L I B O G ‘L O V C H IL A R
VA U L A R A S O SID A G I M A TE R IA L L A R
9.1. Um um iy m a’lumotlar
Tabiiy bitumli va qatron bino va inshootlar qurilishida qadimdan yer
osti qismini, yog‘och konstruksiyalarni himoyalashda ishlatilgan. Ular
Misr, Vavilon, Gretsiya, Markaziy Osiyo qadimgi shaharlarida ishlatilgani
arxeologlar tomonidan topilgan. XIX asr o‘rtalaridan boshlab neft qazib
chiqarish rivojlangach, neft bitumlari olish va ular asosida turli qurilish
materiallari ishlab chiqarish kengaygan. Bitumli materiallarga tabiiy
bitumlar, asfalt jinslari, neft bitumlari va gudron kiradi.
Tabiiy bitum lar
- qovushoq suyuqlik yoki qattiq modda uglevodorod
birikmalari va nometall hosilalar aralashmalaridan iborat. Tabiiy bitumlar
neftni yer qatlamlarida tabiiy oksidlanishi (polimerlanishi) natijasida hosil
bo'lgan; rangi qora yoki to‘q jigar rang bo‘ladi. Ular neft konlari atrofida
toza holda yer osti ko‘llari va linzalari sifatida hamda ko‘p hollarda
cho‘kindi to g‘ jinslariga (ohaktoshlar, qumtoshlar) shimilgan holatda
uchraydi. Tabiiy bitum kamchil boigani uchun qurilishda bitum loklari
sifatida ishlatiladi.
Asfalt jinslari
- tabiiy bitum shimilgan ohaktosh, dolomit, qumtosh
va shu kabilardir. Ulardan bitum ajratib olinadi yoki jinslar maydalanib,
asfalt kukuni ko‘rinishida qorishmalar va betonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Neft (sun’iy) bitumlari - neft xomashyosini organik sintez jarayonidan
hosil bo‘ladigan mahsulotlardir. Neftni qayta ishlash texnologiyasiga qarab
bitumlar quyidagi turlarga bo‘linadi: neftdan (gudrondan) benzin, kerosin
va moylar haydash yo‘li bilan olingan qoldiq bitumlar; gudronga maxsus
apparatlarda havo puflab (oksidlab) olingan oksidlangan bitumlar; neft va
neft moylarini yuqori haroratda krekinglanishi (parchalanishi) natijasida
hosil bo‘lgan kreking bitumlar.
Qatron
- toshko‘mir, yog‘och, torf, slanes va shu kabilar havosiz
muhitda quruq haydash natijasida hosil bo‘ladi.
Bitum va qatronni polimerlar, rezina, dispers to‘ldiruvchlarlar va shu
kabi kiritib xossalari yaxshilanadi.