Bitum iliq suvda 1 soat turgach, idish (vanna)dan olinib, 25°S suv
to ‘ldirilgan kristallizatorga joylanadi va kristallizator penetrometrning
stoliga o ‘matiladi (9 .1-rasm).
Sterjenning uchidagi igna bitumga salgina tekkizib qo‘yiladi (lekin
bitumga botirilmaydi). Bu ishni ko ‘zgu yordamida osonlikcha bajarish
mumkin. Kremalyer (kontakt reyka) sterjenning yuqori maydonchasiga
yetkaziladi, siferblat mili nol raqamiga to‘g ‘rilanadi yoki uningqaysi raqam
to‘g ‘risida turganligi qayd qilinadi; sekundomer yurgizib yuborilib, ayni
paytdato‘xtatish tugmasi 4 bosiladi, shunda igna penetrometr erkin surilib,
5 soniya mobaynida bitumga botadi; tugmaga 5 soniya bosib turiladi va
qo‘yib yuboriladi. Keyin kremalyeming pastki qismi sterjenning yuqorigi
maydonchasiga yetkaziladi, shu payt kremalyer bilan birga siferblat mili
ham suriladi, ignaning 5 soniya mobaynida qanday masofaga siljiganligini
ko‘rsatadi.
Bitumning qovushqoqligi uning har xil joyini teshib ko‘rib uch marta
aniqlanadi: igna bitumni kosaning chetidan 10 mm. nariroqdan va 10 mm.
oralatib teshishi lozim. Uch marta aniqlash natijalarining o ‘rtacha arifmetik
qiymati ignaning bitumga qanday chuqurlikda botganligini bildiruvchi
ko‘rsatkich bo‘lib, graduslarda ifodalanadi va m illimetming o ‘ninchi
hissalaridagi botish chuqurligiga mos keladi. Uch marta o‘tkazilgan sinov
natijalari o ‘rtasidagi tafovut quyidagi qiymatlardan katta bo‘lmasligi
lozim.
Ninaning botish chuqurligi:
daraja 150-200 75-150 25-75 25 gacha;
orasidagi farq, daraja 10
5
3
1.
Natijalar o‘rtasidagi tafovut bundan katta bo‘lgan hollarda bitumning
qovushqoqligi takror aniqlanishi zarur.
Igna bitumga har gal botgandan keyin (har galgi tekshirishdan so‘ng)
uni uyasidan chiqarib olish va uchini benzinda yuvib tozalash, artib quritish
tavsiya etiladi.