9.2.4. Bitum ning cho‘ziluvchanligini aniqlash
Cho‘ziluvchanlik deganda, bitumning cho‘zuvchi kuch ta’sirida
cho'zilib, ingichka ip kabi uzayishga moyilligi tushuniladi.
126
Cho‘ziluvchanlik santimetrlarda ifodalanadi va 25°S haroratda uzilish
darajasigacha taranglashgan bitum ipining uzunligi hamda uning 5 sm/min
tezlikda cho‘zilishi bilan tavsiflanadi va sm. da ifodalanadi.
Bitumlarning, cho‘ziluvchanligi duktilometr deb ataladigan asbob
yordamida aniqlai^di; mazkur asbob devorchalarining ichki tomoniga
ruxlangan po‘lat tunuka qoplangan taxta yoki po‘lat yashikdan iborat.
Yashikning bir devoridan ikkinchi devorigacha yetib turgan chervyakli
vintga ikkita sirpang‘ich o ‘tkazilgan; sirpang‘ichlar vint bo'ylab elektr
dvigateli yordamida siljib, ko‘rsatkich (strelka) yashikning darajalarga
boMingan shkalasi bo‘yicha suriladi.
Sinaladigan bitum eritiladi, aralashtiriladi va metall (jez) qolip 4 ga
ingichka oqim tarzida ortig‘i bilan quyiladi. Bitumni quyishdan oldin
qolipning ichki yuzasi 1:3 nisbatda talk aralashtirilgan glitserin bilan
moylanib, metall plastinka ustiga o‘matiladi. Bitumli qolip havosining
harorati 18-20°S boMgan xonada 30 daqiqa sovitiladi. So‘ngra qolipdan
ortiqcha bitum qizdirilgan pichoq tig‘i bilan ikki yo‘la (pichoqni qolipning
o ‘rtasidan chetiga tomon yurgizib) sidirib tashlanadi.
Bitumli qolip plastinka bilan birga duktilometr yashigiga joylanadi,
yashikka 25°S gacha isitilgan suv barvaqt quyib qo‘yilgan bo‘ladi. Qolip
suvda 1,5 soat turishi va shu vaqt mobaynida suvning harorati 25 ±0,5°S
da saqlanishi kerak.
Bitum-namuna yuqorisidagi suv qatlamining qalinligi 25 mm. dan
kam bo‘lmasligi lozim. So‘ngra sirpang‘ichlaming vint bo‘yicha sirpanish
tezligi va suvning harorati tekshiriladi va qolip duktilometrda mahkamlab
qo'yiladi (sirpang‘ichlarga va yashikning ustunchasiga kiygiziladi) va
yon devorchalari ajratib olinadi. Shundan keyin elektr dvigatel yurgizilib
yoki maxovik aylantirilib, bitum 5 sm/daq tezlikda cho'zila boshlanadi.
Cho‘zilgan bitum ipi uzilgach, uning ayni uzilgan paytdagi uzunligi (sm.)
shkaladan yozib olinadi. Asbob mili shu payt qaysi raqam to‘g ‘risida tursa,
o‘sha raqam bitumning cho‘ziluvchanlik ko‘rsatkichi bo‘ladi. Bitumning
cho‘ziluvchanlik darajasi uch marta aniqlanadi va shu uchta sinov
natijalarining o ‘rtacha arifmetik qiymati eng so‘nggi natija sifatida qabul
qilinadi.
127
|