moylar (180°S), fenolli fraksiyalar (180-210°S), naftalinli fraksiyalar
(210-230°S), antrasen moyi (360°S gacha). Рек - qora rangli mo‘ rt modda
bo‘lib, zichligi 1,25-1,28 g/sm3tarkibida yuqori molekulali uglevodorod
birikmalari va 8-30 foiz erkin holdagi uglerod bo‘ladi. Qatronning xossalari
moylar, smolalar va qattiq tashkil etuvchilaming nisbatiga bog‘liq bo‘ladi.
Qatronning xossalari.
Toshko‘mir qatronning zichligi o‘rtacha 1,25
g/sm3. Qovushqoqligi tarkibida moylar va smolalar ko‘payishi hisobiga
kamayadi. Qatronlar yumshash harorati qiyin yumshaydigan bitumlarga
nisbatan kam bo‘ladi. Qatronlaming atmosfera muhitiga chidamliligi neft
bitumlariga nisbatan past bo‘ladi.
Uning biologik muhitlarga bardoshliligi bitumga nisbatan yuqori,
tarkibida fenol bo‘lishi ularga bakteritsidlik xususiyatini beradi.