Pardozlash qorishmalari sementlar, ohak, gips, sement-ohak,
ohak-
gips, gipssement pussolan va boshqa bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi.
U lar ikki asosiy^turga: odatdagi suvoq qorishm alari va manzarali
qorishmalarga boMinadi. Ishlatish sohasiga ko‘ra suvoq qorishmalari
tashqi suvoq va icffki suvoq qorishmalariga bo ‘linadi. G ‘isht-tosh va
beton asosida qurilgan bino hamda inshootlami
tashqi tomondan suvash
uchun sementli, sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Quruq issiq iqlim
sharoilida yog‘och yuzalami suvashda ohak-gipsli qorishmalar ishlatiladi.
Doimo nam va suv ta’sir etadigan binolaming sokol,
kamiz va boshqa
qismlarida tarkibiga gidrofob moddalar qo‘shilgan sementli va sement-
ohakli qorishmalarni ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xonalar havosining nisbiy namligi 60% gacha bo‘lganda, binolar
ichki devorlari va qavatlararo yopmalarni
suvash uchun ohakli, gipsli,
ohak-gipsli va sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi.
M exanizatsiyalashtirilgari usulda suvashda ichki qatlam uchun
qorishma harakatchanligi 6-10 sm. ni, qo‘l bilan suvashda esa 8-12 sm.
ni tashkil etadi. Bunda qumning eng yirik donasi 2,5 mm.dan oshmasligi
kerak. Pardozlash qatlamining harakatchanligi 8-12 sm. ga teng, qumning
eng yirik donasi 1,25 mm. bo‘ladi.
Manzarali qorishmalar asosida devor panellari va yirik bloklaming
sirtqi yuzalarini zavodning o ‘zida qurilish maydonlarida
bino fasadlarini
pardozlash kerak. Turar joy va jam oat binolarining ichki devorlarini
pardozlashda ham manzarali qorishmalar ishlatiladi.
Manzarali qorishmalar olishda bog‘lovchi sifatida oq, rangli va oddiy
sementlar, binolarning ichki devorlari uchun ohak va gips ishlatiladi.
Manzarali qorishmalar tayyorlashda mayda to‘ldirgich sifatida toza kvars
qumlari, granit, marmar, ohaktosh, xarsangtosh
va boshqa oq va rangli
to g‘ jinslarini maydalab olingan qum ishlatiladi. Manzarali qorishma
tarkibiga bezash faolligini oshirish maqsadida ozgina miqdorda slyuda,
vermikulit, perlit, shisha maydasi kiritiladi. Ichki bezak pardoz qatlamiga
yana k o ‘rk berish uchun rangli polimer donachalar q o‘shiladi.
Ularga
rang berish uchun ishqor muhitiga chidamli va quyosh nuriga bardoshli
tabiiy va sun’iy pigmentlar (lazur, ultramarin, oxra, temirli surik, mumiyo
va b.) ishlatiladi. Temirbeton panellami pardozlash uchun kamida 150
markali, yengil betoniardan tayyorlangan panellami pardozlash hamda
binolaming fasadlami suvash uchun 50 markali qorishmalar ishlatiladi.