M ustahkamlik.
Qorishmaning mustahkamligi mineral bog‘lovchining
aktivligiga, suv-sement nisbatiga, qotish muddati va sharoitiga bog‘liq:
R =0,4R (S /S-0.3)
28
3
sm v m
'
Ushbu formula yordamida mustahkamlikni aniqlash g ‘ovak buyumlar
ustiga yoyiladigan sementli qorishmalarga taalluqli bo‘ladi.
G‘isht, beton va shu kabilar g ‘ovak buyumlarga yoyiladigan sementli
qorishm alar m ustahkam ligi sement-suv nisbatiga b og ‘liq bo ‘lmay,
sementning sarfiga bogliq bo‘ladi va quyidagicha aniqlanadi:
R28= k R m(Sm-0.05)+4.
Formula sement-ohakli qorishmalarga tegishlidir:
Sm
- sement sarfi, (t/
m3) qumga nisbatan; к - koeffitsiyenti qumning sifatiga bog‘liq: yirik qum
uchun - 2,2, o‘rtacha yiriklikdagi qum - 1,8 va mayda qum - 1,4.
Uning siqilishdagi mustahkamligi o ‘lchamlari 7,07x7,07x7,07 sm
kublar yoki 4x4x16 sm to‘sinchalarni standart usulda 28 sutka normal
sharoitda saqlangandan keyin sinab aniqlanadi.
Sementli aralash qorishmalaming mustahkamligi qorishma tarkibiga
kiritiladigan ohak yoki giltuproqning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Aralash qorishmalar mustahkamligi va plastifikatsiyalovchi qo‘shim-
chalar(ohak, giltuproq) miqdori o ‘rtasidagi bog‘lanishgabinoan qorishma
lar tarkibida mayda to‘ldirgichni ko‘paytirish mustahkamlikning pasayishi-
ga olib keladi,
Qurilish qorishmalari 28 sutka siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga
nisbatan (kgs/sm2) 4, 10, 25, 50, 75, 100, 150, 200 va 300 markalarda bo‘ladi.
Sementli qorishmalar mustahkamligi 7 sutka 40-50 foiz, 14 sutka 60-70
foiz. 28 sutka 100 foiz, 90 sutka 130 foiz markadagi mustahkamlikka
nisbatan oshib borishi mumkin.
Binolaming tashqi devorlariga g‘isht, tosh terishda sement-ohakli va
sement-giltuproqli aralash 10, 25 va 50 markadagi qorishmalar ishlatiladi.
Bino karnizlari, stolbalari, deraza va eshik ustidagi g ‘isht va toshlar
terishda 100 markadagi qorishma ishlatiladi.
Yengil betondan tayyorlangan panellar choklarini berkitishda 50
markadan kam bo‘lmagan, og‘ir beton panellar uchun esa 100 markadan
kam bo‘lmagan sementli montaj qorishmalari ishlatiladi.