bo‘lib, katta ishlab chiqarish maydonlarini, yirik kapilal mablag‘larni
talab etadi. Bu usulda keng nomenklaturadagi temirbeton buyum va
konstruksiyalar ishlab chiqariladi.
Potok-agregat usuli, odatda, yiliga 60-100 ming m3 buyum ishlab
chiqaradigan o‘rtacha quwatdagi temirbeton zavodlarda ishlatiladi.
K onveyer usulida
- temirbeton buyum va konstruksiyalar taglik
aravachalarda belgilangan, q at’iy ritm da texnologik potok b o ‘ylab
harakatlanadi. Bu usulda texnologik operatsiyalar har bir postda alohida-
alohida bajariladi. Postlar soni va texnologik uskunalar turi bajariladigan
operatsiyalaming davomiyligi bilan belgilanadi.
Konveyer usuli zarur bo ‘lgan qismlar, yarimfabrikatlarni ya’ni:
arm atura karkaslari, beton qorishm asi, pardozlash kabi texnologik
jarayonlami bajarishda uzluksizlikni ta’minlaydi. Buyumlarni qayta ishlash
kameralari gorizontal va vertikal uzluksiz ishlaydigan kameralardan iborat.
Konveyer usuli katta quw atli bir xil tiplardagi buyum va konstruksiyalar
ishlab chiqaradigan zavodlarda ishlatiladi
Konveyer usuliga ikki yarusliprokat stanini misol qilib keltirish
mumkin. Bu prokat stani pulsatsiyalanuvchi ritm asosida harakatlanadigan
qolip va-gonetkalardan iborat vertikal-tutash konveyerdir. Yuqori yarusda
beton qo-rishmasini quyish va armaturani joylashtirish, buyum hamda
konstruksiya-lami qoliplash va kalibrlash uchun mexanizm va agregatlar,
pastki yarusda esa tirqish tipidagi issiqlik bilan ishlov berish kamerasi
joylashgan. Buyum issiqlik bilan 4,5 soat davomida ishlov berilganda
beton markadagi mustahkamlikning 70 foizga erishadi. Prokat stani 18
minut teng qa’tiy ritmda ishlaydi, qolipni postdan postga ko'chirish vaqti
10 minutni tashkil etadi.
Qolip-vagonchiklarning o ‘rtacha harakatlanish tezligi 20-30 m/
soat. Ikki yarusli stanlarda tem irbeton konstruksiyalarni tayyorlash
texnologiyasi bitta-ikkita nom enklaturadagi m ahsulotni tayyorlash
bo ‘yicha ixtisoslashgan bo‘ladi. Bu usulda panellar, plitalar, to‘sinlar va
ustunlar tayyorlanadi.