Ular stend yoki qolipning chekka qismiga moslamalar yordamida
mahkamlanadi. Beton qotib siqilishdagi mustahkamligi 20 M Pa dan
ortgahda mahkamlangan armatura bo‘shatiladi.
Buyum va konstruksiyalarni qoliplash.
Qoliplash jarayoni quyidagi
asosiy operatsiyalardan iborat bo‘ladi: qoliplami tozalash; yig‘ish va moy-
Iash, qolipga armaturani joylashtifish, qolipga beton qorishmasi quyish va
zichlashtirish.
Konstuksiyalaming sifati qolip o ‘lchamlari aniqligiga va bikrligiga
bog‘liq bo‘ladi. Qoliplar po‘lat listlardan, metallar qotishmalaridan va
shishaplastiklardan tayyorlanadi.
Beton quyishdan a w a l qoliplar qotgan beton qoldiqlaridan tozalanishi
shart. Qolip yig‘ilgach, beton qolipga yopishib qolmasligi uchun maxsus
emulsion tarkiblar bilan moylanadi.
Beton qorishmasi qolipga turli beton quygichlar yordarmida qiyiladi.
Beton quygichning turi qoliplanadigan konstruksiyaga bog‘liq. Yuzasi
katta plitalar, panellar ushbu buyum enini qoplaydigan beton quygich
mashinalar vositasida, ensiz buyum va konstruksiyalar maxsus shlanglar,
badyalar, transporter kabi beton quygichlar yordamida qoliplanadi.
Konstruksiyalar tayyorlashda quyidagi beton zichlashtirish usullari
ishlatiladi: titratish, prokatlash, vakuumlash, presslash, shibbalash,
sentrifugalash va h.k. Keng tarqalgan usul qisqa muddatli titratish bo‘lib,
titratish maydonlari katta yuzali buyumlar betonni zichlashtirishga imkon
beradi. Q o‘z g ‘almas yirik qoliplardagi beton qorishmasi chuqurlik
titratkichlari vositasida, yupqa konstruksiyalar esa yuzaki titratgich
maydonchalari va to ‘sinchalari yordamida zichlashtiriladi. Bikr va o ‘ta
bikr beton qorishmalari titratish-vakuumlash, titratish-prokatlash va shu
kabi aralash usullarda zichlash-tiriladi.