Bu usulda o‘rtasi g‘ovak, ikki cheti zichlashtirilgan yangi tipdagi, xossalari
yaxshilangan yengil betonlar tayyorlanadi. «Karkas» tipidagi betonlar
monolit pollar aerodrom qoplamalari va boshqa qurilishlarda ishlatiladi.
6.6.4. Yacheykali betonlar
Yacheykali yengil betonlar bog‘lovchi va kremnezyomli komponentlar
aralashmasini g ‘ovak hosil qiluvchi q o ‘shimcha vositasida ko‘pchitib
olingan kompozitsion qurilish materiallaridir. Qorishmaning bir me’yorda
ko‘pchishi natijasida hajm bo‘yicha «yacheykali» struktura hosil bo‘ladi.
Yacheykali beton g ‘ovakligini bevosita tayyorlash jarayonida boshqariladi.
Yacheykali betonlar o ‘rtacha zichligiga nisbatan (quritilgan holda) issiqlik
izolyatsiyasi (p0<500 kg/m3), konstruktiv-issiqlik izolyatsiyasi (po=500-
900 kg/m3) va konstruktiv (po=900-1200 kg/m3) guruhlarga bo‘linadi.
Yengil betonda ikki xil usulda g ’ovaklar hosil qilish mumkin: gaz
hosil qiluvchi komponentlar yordamida va ko‘pik massasi yordamida.
500>