194
Yangi tug‘ilgan bolalar va chaqaloqlarda jigarning kse-
nobiotiklarning zararsizlantirish qobiliyati yetilmagan bo‘ladi. Masalan:
bir oylik bolalarda konyugatsiyalovchi glyukuroniltransferaza,
atsetilovchi va deatsetillovchi fermentlarning faolligi katta yoshdagilarga
nisbatan to‘rt-besh marotaba past bo‘ladi. Shuning uchun, bolalar
organizmida hosil bo‘lgan zaharli moddalarning va berilgan dorivor
moddalarning metabolizmi sust kechadi. Shu sababli bolalarga tavsiya
qilinadigan dorilarning miqdori ularning yoshiga qarab belgilanadi.