195
Birinchi bosqichda
uglevodlardan – geksozalar, glyukoza, fruktoza,
galaktoza: oqsillardan – aminokislotalar; yog‘lardan glitserin va yog‘
kislotalari hosil bo‘ladi. Bu jarayonlarda ajraladigan energiya miqdori
deyarli ko‘p emas va ozuqa moddalar umumiy energiyasining taxminan
0,6-1% ini tashkil qiladi.
Ikkinchi bosqichda
monosaxaridlar va glitserin piruvatga aylanadi,
yog‘ kislotalari esa – atsetil-KoA ga, aminokislotalar – piruvatga, a-
ketoglutaratga, atsetoatsetat, suksinat va atsetil-KoA ga aylanadi. Bu
bosqichda ozuqa moddalardagi taxminan 30% energiya ajralib chiqadi.
Uchinchi bosqichda
hosil bo‘lgan 4 ta oxirgi mahsulot: atsetil-KoA,
a-ketoglutarat, suksinat limon kislotasi siklida CO
2
va H
2
O gacha
parchalanadi. Natijada ozuqa moddalardan qolgan 60-70% energiya
ajralib chiqadi.
1 molekula glyukozani parchalanishi misolida olib qaralsa, jami 38
molekula ATF sintezlanadi, bundan 1-bosqichda – 2 molekula pirouzum
kislotasi va 8 molekula ATF sintezlanadi; 2-bosqichda – 2 molekula
atsetil-KoA, 2 molekula CO
2
va 6 molekula ATF sintezlanadi; 3-
bosqichda – 4 molekula CO
2
va 24 molekula ATF hosil bo‘ladi.