208
umumiy yo‘llari» deb yuritiladi. Modda almashuvinig umumiy yo‘llari
avval mukammal o‘tilgan. I bosqich sitozolda, II va III bosqichlar
mitoxondriyalarda kechadi. Aerob oksidlanish
glyukozaning asosiy
parchalanish yo‘li, chunki inson va hayvonlar aerob organizmlardir;
hamda energetik nuqtai nazardan bu yo‘l eng samaralidir. Bir molekula
glyukoza aerob oksidlanishida 38 molekula ATF hosil bo‘ladi. Buning
8 molekulasi – glikolitik (I)
bosqichda; 6 molekula – piruvatning
oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanish (II) bosqichda; 24 molekulasi
esa – Krebs sikli (III) bosqichda yuzaga keladi (57-rasm).
Vodorodning (H
2
) sitoplazmadan mitohondriyaga o‘tish
«mokki» mexanizmi
Glyukozaning aerob oksidlanishida degidrogenaza fermentlari
ta’sirida ajralib chiqqan vodorodni (NAD·H
2
ni) to‘qima nafas olish
zanjirida oksidlanishi uchun u avvalo sitoplazmadan mitoxondriyaga
o‘tish lozim. Bu 2 xil «mokki»
mexanizmlar yordamida amalga
oshiriladi:
1) Glitserofosfat «mokki» mexanizmi.
2) Malat «mokki» mexanizmi.
Glitserofosfat «mokki» mexanizmida sitoplazmatik NAD·H
2
ning
vodorodi sitoplazmadagi dioksiatsetonofosfat bilan birikib,
glitserofosfat hosil qiladi: u esa mitoxondriya membranasidan oson
o‘tadigan xususiyatga ega. Bu reaksiya NAD.H
2
sitoplazmatik
glitserofosfatdegidrogenaza ta’sirida kechadi. Glitserofosfat
(mitoxondriyaning ichida) mitoxondrial
FAD tutuvchi degidrogenaza
(DG) fermenti ta’sirida oksidlanadi va qaytadan dioksiatsetonfosfat
hamda FAD.H
2
hosil bo‘ladi. Dioksiatsetonfosfat oson mitoxondriyadan
sitoplazmaga o‘tadi, FAD.H
2
esa mitoxondriyada to‘qima nafas olish
zanjiri da oksidlanadi.
Malat «mokki» mexanizmida esa
elektronlarni sitoplazmadan
mitoxondriyaga o‘tish uchun NAD·H
2
sitoplazmadagi SHUK
(oksaloatsetat) bilan birikib oksidlanadi. Malat mitoxondriya
membranasidan osongina o‘tib, mitoxondriyaning ichida MDG
(malatdegidrogenaza) fermenti ta’sirida oksidlanadi va qaytadan SHUK
hamda NAD·H
2
ga
parchalanadi; SHUK sitoplazmaga o‘tadi, NAD·H
2
esa mitoxondriyadan to‘qima nafas olish zanjirida oksidlanadi.