qismi dikarbon kislotalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki E-holatdagi
dekarboksillanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Bu reaksiyani tezlatuvchi
E-dekarboksilaza fermenti dikarbon kislotalardan CO
2
ni ajratib
chiqaradi. Reaksiya mahsuloti CO
2
bilan ketokislotalar hisoblanadi.
Masalan, oksaloatsetatni dekarboksillanishidan
pirouzum kislota va CO
2
hosil bo‘ladi. Dekarboksillanish qaytar jarayon bo‘lib, hayvon
to‘qimalarida CO
2
bir qismini biriktirib olish natijasida qayta dekarbon
kislotalari hosil bo‘ladi (masalan: pirouzum kislotasidan oksoloaatsetat).
Krebs siklining biokimyoviy funksiyalari
1. Integrativ funksiyasi – Krebs sikli metabolik «kollektor»
(yig‘uvchi) vazifasini o‘tab, uglevodlar va oqsillarning katabolik yo‘lini
birlashtiradi.
2. Amfibolik funksiyasi – Krebs sikli ikki xil funksiyani bajaradi.
a) katabolik – atsil qoldig‘ining
parchalanishi, karbonat angidridi va
suv ajralib chikishi.
b) anabolik – atsetil KoA va oksalatsetatdan birikish reaksiyasi
natijasida murakkab modda sitrat hosil bo‘lishi, Krebs siklining
substratlaridan
glyukoza, aminokislotalar yog‘ kislotalari va boshqalar
sintezlanishi.
3. Energetik funksiyasi – Krebs sikli reaksiyalarining borishi
natijasida 1 mol atsetil KoA ning parchalanishidan 12 mol ATF
sintezlanadi.
4. Vodorod donor (vodorod generator) funksiyasi –
Krebs sikli nafas
zanjiri uchun vodorodning asosiy generatori hisoblanadi. Bu siklda 4
juft vodorod atomlari hosil bo‘lib, ulardan 3 jufti NAD bilan, bir jufti
esa FAD bilan birikadi. Oshqozon fundal bezlarining hujayralirda
vodorod protonlari elektron
tashish zanjiriga emas, balki xlorid kislota
sinteziga sarflanadi.