206
Disaxaridlarga: saxaroza (glyukoza va fruktozadan tashkil topgan);
laktoza (glyukoza va galaktozadan); maltoza (ikki molekula
glyukozadan) kiradi.
Polisaxaridlar tuzilishlariga ko‘ra gomopolisaxaridlar va
geteropolisaxaridlarda bo‘linadilar. Gomopolisaxaridlarga glikogen,
kraxmal, kletchatka, sellyulozalar kiradi. Ular glyukoza qoldiqlaridan
tashkil topgan biopolimerlardir. Tuzilishida bir xil monosaxarid
qatnashgani uchun bunday polisaxaridlarni gomopolisaxaridlar deydilar.
Geteropolisaxaridlar (muko‘polisaxaridlar) monosaxarid va ularning
unumlaridan tashkil topib, tarkiblariga qarab 2 ga bo‘linadilar:
a) kislota xossali muko‘polisaxaridlar;
b) neytral muko‘polisaxaridlar.
Hozirda kislota xossali muko‘polisaxaridlarni glikozamin-glikanlar
deb ataydilar va ular proteoglikanlarning uglevodli qismini tashkil
etadilar.