Uchkarbon kislotalar sikli boshqarilishining allosterik
mexanizmlari
Limon kislota siklining funksional tezligi hujayraning ATF ga
bo‘lgan ehtiyojiga moslashgandir:
1. Pirouzum kislotasining atsetil-KoAga aylanishi ATF, atsetil-KoA
va NADH ta’sirida sekinlashadi.
2. Boshqarishning birinchi reaksiyasi oksaloatsetat bilan atsetil-
KoAdan sitratning sintezlanishidir. Sitrat-sintaza fermentining allosterik
ingibitori ATFdir. ATF miqdorining ko‘payishi sitrat hosil bo‘lishini
kamaytiradi.
3. Ikkinchi boshqaruvchi fermenti izositrat degidrogenaza bo‘lib
u ADF ta’sirida allosterik yo‘l bilan stimulyatsiya qilinib, uning
substratlarga nisbatan moyilligi kuchayadi. Izotsitrat, NAD, Mg
2+,
va
ADF lar o‘zaro bog‘lanishida kooperativlik ham mavjuddir.
4. Uchkarbon kislotalarning uchinchi boshqarish reaksiyasi a-
ketoglutaratdegidrogenaza fermentiga bog‘liq. Bu ferment faolligi
reaksiya natijasida hosil bo‘luvchi mahsulotlar – suksinil-KoA va
NAD.H ta’sirida susaytiriladi.
5. Uchkarbon kislota sikliga ikki uglerodli fragmentlar (atsetil
qoldig‘i) kirishi va siklning tezligi hujayradagi ATF ning yuqori miqdori
bilan susaytiriladi.