215
Adenilnukleotidlar AMF, ADF, ATF allosterik regulyatorlik vazifasini
o‘taydi, hujayrada ATF-ning miqdori kamayib, ADF va AMF larning
miqdori ko‘payganda glikoliz tezlashadi: glyukoneogenez esa
sekinlashadi. Chunki, AMF va ADF ning miqdori ko‘payishi
fosfofruktokinaza fermentining faolligini oshiradi; ATFning miqdorining
ko‘payishi esa piruvatkinaza fermentlarining faolligini pasaytiradi.
Shunday qilib, hujayrada energiyaning kamayishi glyukoneogenezni
to‘xtatadi va glikolizni tezlashtiradi; aksincha, hujayrada energiyaning
ko‘payishi esa glikolizni to‘xtatib, glyukoneogenezni tezlashtiradi.