125
39-rasm
. Ingibirlanish turlari
Raqobatsiz ingibirlanishda ingibitor ferment bilan funksional
bo‘lmagan guruhlar orqali bog‘lanadi. Raqobatsiz
ingibirlanishga sianid
kislota, kimyoviy birikmalar, natriy ftorid, natriy azid va boshqalar ta’siri
misol bo‘la oladi. Ular ferment katalitik
markaziga kiruvchi SH-
guruhlarni bog‘lab oladi. Raqobatsiz ingibitor ta’sirini substrat miqdorini
ko‘paytirib bartaraf qilish mumkin emas. Ingibitorga bog‘lovchi
moddalar bilan ta’sir etish mumkin. Bunday moddalar reaktivatorlar
deb yuritiladilar. Raqobat
qilmaydigan ingibirlanish deb, ferment-
substrat kompleksiga ingibitorning birikishi bilan boradigan fermentativ
reaksiyaning pasayishiga aytiladi. Raqobat
qilmaydigan ingibitor
ferment bilan substratsiz muhitda birikmaydi. Ayni vaqtda, ingibitor
substratning ferment bilan bog‘lanishini
yengillashtiradi, keyin esa o‘zi
126
ferment-substrat kompleksi bilan birikib, ferment faolligini ingibirlaydi.
Bu ingibirlanishning kam uchraydigan turidir.