Vitaminlar tasnifi
Vitaminlar bosh harflar bilan, ovqat tarkibida vitaminning
yetishmasligi natijasida vujudga keladigan kasallikning nomi yoki
kimyoviy belgilar bilan nomlanadilar. Vitaminlarning zamonaviy tasnifi
137
tugallanmagan: u fizik-kimyoviy xususiyatlar (xususan eruvchanligi),
kimyoviy tabiati va harf bilan belgilanishiga asoslangan.
Eruvchanligiga qarab yog‘da va suvda eruvchan vitaminlar tafovut
etiladi.
Yog‘da eruvchan vitaminlar:
1. Vitamin A, antikseroftalmik retinol.
2. Vitamin D, antiraxitik kalsiferol.
3. Vitamin E, antisteril, ko‘payish vitamini, tokoferollar.
4. Vitamin K, antigemorragik, naftaxinon.
Suvda eruvchan vitaminlar:
1. Vitamin B
1
, antinevrit, tiamin.
2. Vitamin B
2
, o‘sish vitamini, riboflavin.
3. Vitamin B
6
, antidermatit, adermin, piridoksin.
4. Vitamin B
12
, antianemik,kobalamin.
5. Vitamin PP, antipellagrik, niatsin, nikotinamid.
6. Vitamin Bs, antianemik, folat kislota.
7. Vitamin B
3
, antidermatit, pantotenat kislota.
8. Vitamin N, antiseborrey, bakteriyalar, achitqi o‘sish omili, biotin.
9. Vitamin C, kapillyarlarni mustahkamlovchi, askorbin kislota.
Shuningdek, ba’zilari organizmda ma’lum miqdorda sintezlanadigan
vitaminlarga o‘xshab ta’sir etadigan turli kimyoviy moddalar guruhida
tafovut etiladi; odam va ba’zi hayvonlar uchun bu moddalarni
vitaminsimon moddalar guruhiga kiritilgan. Ularga holin, lipoat kislota,
vitamin B
15
(pangamat kislota), orotat kislota, inozit, ubixinon,
paraaminobenzoat kislota, karnitin, linol va linolen kislotlari, vitamin
U (yazvaga qarshi omil) va qator qush, kalamush, jo‘ja, to‘qima
bo‘laklari uchun o‘sish omillariga kiradi.
Fiziologik ta’siri bo‘yicha vitaminlarni quyidagi guruhlarga
bo‘lish mumkin:
1. Organizmning umumiy rezistentligini oshiruvchi vitaminlar:
B
1
, B
2
, PP, A, C.
2. Antigemorragik vitaminlar: C, R, K.
3. Antianemik vitaminlar: B
12
, folat kislota, C.
4. Antiinfeksion vitaminlar: A, C.
5. Ko‘rishni boshqaruvchi: A, B
2
, C.
|