136
uchun zarur bo‘lgan almashtirib bo‘lmaydigan qandaydir noma’lum
moddalarning ham bo‘lishi kerak, degan xulosaga kelgan. K.Funk
birinchi bo‘lib kristall holda ajratib olingan «Beri-beri» kasalligi
rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va o‘z tarkibida
aminoguruhlarni saqlagani uchun bu noma’lum moddalarni
«Vitaminlar» deb atashni taklif etgan (lat.vita – hayot deganidir).
Darhaqiqat, vitaminlar ovqat iste’mol qilish fanida qo‘shimcha shart
bo‘lgan omillaridan, ularning ko‘pchiligi o‘zining tarkibida
aminoguruhini saqlamasa ham «vitaminlar»
deb nomlanib biologiya
va tibbiyotda mustahkam saqlanib qolgan.
Vitaminlar – iste’mol omillari bo‘lib, juda kam miqdorda
saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlarning
normal kechishida, butun modda almashinishining boshqarilishida
qatnashadilar. Modda almashinuvining buzilishi ko‘pincha
organizmga
vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bo‘lmasligi yoki
ularning organizmda hazm bo‘lishi buzilishi bilan bog‘liqdir. Natijada
avitaminoz holati rivojlanadi – ovqatda vitaminning umuman
bo‘lmasligi yoki organizmga o‘zlashtirilishining buzilishi sababli
kasallik vujudga keladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika
davlatlarining ayrim hududlarida aholi bir xil o‘simlik
tabiatiga ega
bo‘lgan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda avitaminoz holatlari
uchraydi.
Tibbiy adabiyotlarda organizmga vitaminlarning juda ko‘p qabul
qilinganida rivojlanadigan holatlar ham keltirilgan (gipervitaminozlar).
Bu kasalliklar gipovitaminozlarga nisbatan kam uchraydi, lekin A, D,
K va boshqa gipervitaminozlar bo‘lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda aniqlanishicha, avitaminozda modda
almashinuvining buzilishi va ferment sistemalarining faolligini buzilishi
bilan bog‘liqdir. Chunki ko‘pchilik fermentlar
joriy prostetik guruhlari
tarkibiga kiradilar. Vitaminlarning fermentlar bilan bog‘liqligini birinchi
marotaba 1922-yilda akademik N.D.Zelinskiy ko‘rsatib bergan. Uning
fikricha vitaminlar modda almashinuvini bevosita boshqarmasdan,
bilvosita tarkibiga kiradigan fermentlar orqali boshqaradilar. Bu holat
hozirgi kunda o‘z isbotini topgan.