124
Har bir fermentning faolligi avvalambor substrat va reaksiya
mahsulotining konsentratsiyasiga bog‘liqdir:
V+1
S ––
→
P
V-1
Substrat va reaksiya mahsulotlari bilan bir qatorda fermentlar
faolligini boshqaruvchilarga koferment va kofaktorlarni keltirish
mumkin. Biologik sistemalarda ular konsentratsiyasini o‘zgartirish bitta
emas, balki bir guruh fermentlar faolligini o‘zgartirishi mumkin.
Fermentlar faolligini va shu jumladan, metabolik yo‘llarni
boshqarishda modifikatorlar muhim rol o‘ynaydi: ijobiy (effektorlar)
va salbiy (ingibitorlar). Effektor vazifasini kofaktorlar, metallar,
substratlar, metabolitlar o‘taydi.
Reaksiya tezligini pasaytiruvchi moddalarga
fermentlar ingibitorlari
deb ataladi. Oqsil denaturatsiyasini vujudga keltiruvchi moddalar va
omillar (qizdirish, kislota, ishqor, og‘ir metall tuzlari va boshqalar)
fermentlarni ingibirlaydi. Qaytar va qaytmas ingibirlanish tafovut etiladi.
Qaytar ingibirlanishda reaksiya tezligining pasayishi ingibitor va
ferment o‘rtasidagi reaksiya tezligini qaytar pasayishi hisobiga boradi: