• Allosterik boshqarilish.
  • E+ S  → → → → → ES +I




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    E+ S 





    ES +I 





    ESI
    Substrat ingibirlanish deb fermentativ reaksiyani substrat miqdori
    ko‘p bo‘lgan vaqtda pasayishiga aytiladi. Bunday ingibirlanish katalitik
    o‘zgarishga uchray olmaydigan ferment-substrat kompleksining hosil
    bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi.
    Allosterik boshqarilish.
    Ko‘pgina fermentlar, faollikni oshiruvchi
    yoki pasaytiruvchi, ma’lum bir metabolitlar bilan qayta bog‘lanishi
    mumkin. Bunday metabolitlar 
    effektorlar
    deb yuritiladilar.
    Effektor fermentning katalitik faol markazi bilan bog‘lanmasdan,
    maxsus boshqaruvchi – allosterik markazga bog‘lanadi. Allosterik
    fermentlar odatda 2 yoki undan ortiq subbirliklardan tashkil topgan.
    Bir subbirlikda katalitik markaz (katalitik subbirlik), boshqasida –
    boshqaruvchi markaz (boshqaruvchi subbirlik) mavjud. Allosterik
    ingibitor bo‘lmagan sharoitda substrat katalitik faol markaz bilan
    bog‘lanadi va reaksiya sodir bo‘ladi. Agar muhitda allosterik ingibitor
    bo‘lsa, u boshqariluvchi markaz bilan bog‘lanadi, natijada boshqaruvchi
    subbirlikning konformatsiyasini o‘zgartiradi; buning natijasida katalitik
    subbirlikning, katalitik markazning ham konformatsiyasi o‘zgarib,
    natijada fermentning faolligi pasayadi. Allosterik ingibitorning
    konsentratsiyasi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p ferment molekulasi
    u bilan bog‘lanadi va substratning parchalanish tezligi shuncha past
    bo‘ladi. Allosterik aktivatorlar ta’sir etganda xuddi shu yo‘sinda
    fermentning faolligi ortadi.
    Misol tariqasida, uridintrifosfat (UTF) sintezining boshqarilishini
    ko‘rib chiqamiz. Tuzilishi bo‘yicha UTF ATFga o‘xshaydi:


    127
    UTF sintezining metabolik yo‘li 8 reaksiyani o‘z ichiga oladi.
    Birinchi reaksiya karbamoilfosfatsintetaza II bilan boshqariladi.
    Reaksiya natijasi – karbomoilfosfat – uglerod ikki oksidi, glutaminning
    amid guruhi va ATFning fosfat qoldig‘idan hosil bo‘ladi; ATF energiya
    manbai bo‘lib ham xizmat qiladi.
    Karbamoilfosfatsintetaza II – allosterik ferment: metabolik yo‘lning
    oxirgi mahsuloti – UTF – uning allosterik ingibitori hisoblanadi. UTF
    konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha UTF sintezi past bo‘ladi.
    Sarflanish tezligi hujayraning ehtiyojiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday
    boshqarilish manfiy qayta bog‘lanish orqali boshqarilish deb yuritiladi.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish