119
Fermentlarning spetsifikligi.
Ko‘p substratlardan bir yoki bir necha
kimyoviy tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lganlarni tanlab olish
xususiyatiga fermentlarning spetsifikligi deyiladi. Fermentlarning yuqori
spetsifiklikka ega bo‘lishi termodinamik sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
kimyoviy reaksiyalardan faqat ba’zilarini tanlab oladi va shuning uchun
metabolik jarayonlarni umumiy yo‘nalishini ko‘pincha aniqlaydi.
Quyidagi spetsifiklik turlari tafovut etiladi:
1. Absolut spetsifiklik.
2. Absolut-guruh spetsifikligi.
3. Nisbiy guruh spetsifikligi.
4. Nisbiy spetsifiklik.
5. Steriokimyoviy spetsifiklik.
Absolut spetsifiklikka
faqat bitta substratga ta’sir eta oladigan va
o‘xshash bo‘lgan molekulalar bilan ta’sir etmaydigan fermentlar egadir.
Masalan: ureaza, aspartaza, arginaza va boshqalar.