Biokimyo va molekulyar




Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/123
Sana27.05.2024
Hajmi1,86 Mb.
#255326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar

II-BOB. OQSILLAR 
2.1.§. Oqsillarning umumiy tasnifi
 
Oqsillar yoki proteinlar 

murakkab, yuqori molekulali organik 
birikmalar bо‘lib, о‘zaro amid bog‘ bilan bog‘langan aminokislotalar 
qoldiqlaridan tuzilgan. Bir xil oqsil tarkibiga turli xil aminokislotalar kirishi 
mumkin. Oqsil tо‘liq gidrolizgna uchraganda aminokislotalar hosil bо‘ladi. 
Inson, hayvon va о‘simliklar tanasida oqsillar turli xil vazifalarni bajaradi. 
Ular tomir, pay, teri, suyak va boshqalar asosini tashkil qiladi, modda 
alamshinish va tо‘qimalar kо‘payishida muhim vazifani bajaradi. Garmonlar, 
enzimlar, pigmentlar, antibiot
iklar, toksinlar oqsil birikmalar bо‘lib 
hisoblanadilar.
Oqsillar katta molekulyar massaga ega. Masalan, inson qoni zardobi 
albuminining molekulyar massasi 61500, qon zardobidagi (globulinining 
molekulyar massasi 153000, gemotsianiniki esa 6600000 ga teng .
Kо‘pchilik oqsillar qattiq holda batiy vakilni (jun, ipak) saqlaydilar yoki 
kukun shaklida mavjud bо‘ladilar. Ayrim oqsillarni kritsall shaklda olish 
mumkin.
Kо‘pchillik oqsillar suvda, suyultirilgan kislota eritmalarida eriydilar. 
Deyarli barcha oqsillar ishqorlarda eriydilar. Hamma oqsillar organik 
erituvchilarda erimaydilar. Oqsil eritmalari kolloid xususiyatiga ega bо‘lib, 
dializ usulida tozalanadi. Oqsillar eritmalarda suvda eruvchi organik 
erituvchilar (spirt, atseton va boshqalar), tuz eritmalari , kislotalar yordamida 
chо‘ktiriladi. 
CHо‘ktirishi 
vaqtida 
kо‘pchilik 
oqsillar 
zanjirining 
konformatsiyasi о‘zgaradi va erimaydigan holatga о‘tadi. Bu jarayonga 
oqsilning denaturatsiyalanishi deyiladi.
Kо‘pchilik oqsillar qizdirilganda ham denaturatsiyaga
uchraydilar. 
Oqsillar qizdirish vaqtida о‘zgarib ketishlari, ularni aniq suyuqlanish 
nuqtasiga ega emasliklari va haydash mumkin bо‘lmaganligi ularni ajratish va 
tuzilishini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi.


15 
Aminokislotalar kabi oqsillar ham amfoterlik xususiyatiga ega. 
Izoyelektrik nuqtaning holati oqsilning tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning 
tabiatiga bog‘liq bо‘ladi. Bu qiymat jelatinada 4,2; kazeinda 4,6; tuxum 
albuminida 4,5; gemoglabinda 6,8; bug‘doy gliadinida 9,8; klupeinda 12,5 ga 
teng. Oqsillarni kislota

asosliklaridagi farqdan foydalanib ularni elektroforez 
usuli bilan ajratiladi. 
Barcha oqsillar optik faollikka ega. Kо‘pchilik oqsillar yorug‘likning 
qutiiblanish tekisligini chapga buradi. Oqsillarni aniqlashda bir qator rangli 
reaksiyalar mavjud. Bular quyidagilardir.

Download 1,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish