17
gidrolizlanadilar.
Nukleoproteidlar
ishqorlarda
eriydilar,
kislotalarda
erimaydilar. Ular protoplazmalar, tо‘qimalar va viruslar tarkibiga kiradilar.
Fosfoproteidlar. Gidrolizlanganda oddiy oqsillar bilan fosfor kislota
hosil bо‘ladi, kuchli kislotalik xususiyatiga ega. Kislotalar ta’sirida iviydi.
Ularga sut kazeiniga taalluqlidir.
Glyukoproteidlar. Gidrolizlanganda oddiy oqsillar bilan uglevodlar
hosil b
о‘ladi. Suvda erimaydi. Suyultirilgan ishqor eritmalarida eriydi. Neytral
xususiyatga ega. Qizdirilganda ivimaydi.
Xromoproteidlar. Gidrolizlanganda
oddiy oqsillar bilan rangli
moddalarni hosil qiladi. Ularga qon gemoglobini misol bо‘ladi. Murakkab
oqsilla
rning boshqa guruhlari ham ma’lum.
2.3.
§.
Oqsillarning aminokislota tarkibi va
aminokisiotalarning tasnifi.
Oqsillar tarkibiga 25 ga yaqin turli aminokislotalar kiradi. Bu
aminokislotalardan 8 tasi almashtirib bо‘lmaydigan aminokislotalar deb atalib,
ula
rni inson tayyor holda itse’mol qiladi. Agar, shu 8 ta aminokislotalardan
birortasi inson itse’mol qilayotgan ovqat tarkibida yetarli darajada bо‘lmasa,
bu turli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bо‘ladi.
Oqsillar gidrolizlanganda tabiiy aminokislotalar (ularni soni 22 ta) ning
barchasi hosil bо‘ladi. Turli oqsillardagi aminokislotalarni
miqdori turlicha
bо‘ladi. Suvda eriydigan oqsillar monodispers tuzilishga egalar. Chunki ular
aniq aminokislota tarkibiga ega va bu aminokislotalar ma’lum tartib bilan
bog‘lanishida hosil bо‘lgandir. Oqsil molekulasida
aminokislota qoldiqlari
chiziqli peptid bog‘ bilan bog‘langan. Oqsillarni aminokislotalar qoldig‘idan
peptid bog‘ hosil qilib tuzilganligi haqida 1907 yilda Z.Fisher va
Gofiyeysorlar fikr bildirganlar. Bir aminokislotadagi karbosiklik guruh
qо‘shni aminokislotaning aminoguruhi bilan ta’sirlanib, amid hosil qiladi.
Alohida peptid qismlari bir-birlarida
–
NH
–
CO
–
CHR
–
dagi yon zanjirdagi
guruh (R) lar bilan farq qiladilar: 100 tagacha aminokislota qoldig‘i
saqlagan
birikmalar peptidlar 100 tadan ortiq aminokislota qoldig‘i saqlagan birikmalar
18
oqsillar deb ataladi. Aminokislotalarning birikish tartibi ularning ikki tarafida
molekulalarni ajratib olish bilan aniqlanadi. Buning
uchun aminokislotalar
gidrolizga barqaror b
о‘lgan birikmalarga aylantiriladilar. Shu usul bilan
kо‘pchilik oddiy oqsillar misulin, inoglobin, ribonukleazalar va boshqalarning
tuzilishlari aniqlangan. Juda kо‘p oqsillar
uchun aminokislotalarning
qaytarilish tartibi aniqlangan.