I BOB. MOLEKULYAR BIOLOGIYA FAN SIFATIDA




Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/123
Sana27.05.2024
Hajmi1,86 Mb.
#255326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar

I BOB. MOLEKULYAR BIOLOGIYA FAN SIFATIDA 
1.1.
§.
Molekulyar biologiya fanining mohiyati, maqsadi, 
vazifalari va rivojlanish tarixi. 
Molekulyar biologiya fani umumiy biologiya, organik kimyo va fizika 
fanlarining g‘oyalariga asoslanib, ularning uslub
iyoti asosida va xalq 
x
o‘
jaligining umumbiologik muammolari va tibbiyotning ayrim sohalariga 
tegishli masalalarni yechishda ilmiy izlanish yо‘llarini o‘
rgatadi. Hayotni 
paydo bо‘lishini molekulyar darajada о‘rganadi, ya’ni tirik organizmlarning 
asosiy xoss
alari, о‘sishi va rivojlanishi, kо‘payish va differensiyalanish, 
irsiyat va immunitet, harakatlanish va tashqi muhitga moslashish va boshqa 
juda kо‘p biologik makromolekulalarning molekulyar asosini о‘rganishga va 
tushuntirishga qaratilgan fan. 
Bu fan eng avvalo nuklein kislotalarning, oqsillar va boshqa 
makromolekulalarning 
strukturasini, 
shuningdek 
eng 
muhim 
hujayra 
komponentlari yadro, plazmatik membrana, mitoxondriyalar, golji kompleksi, 
lizosomalar, ribosomalarning strukturaviy tuzilishi bilan ularning bajaradigan 
funksiyasi orasidagi bog‘lanishni о‘rganadi.
Molekulyar biologiya hayotiy hodisalarni makromolekulyar, yani oqsil 
va nuklein kislotalar yoki juda sodda tuzilishga ega b
o‘
lgan hayotiy obyektlar 

hujayra komponentlari, ya’ni mitoxondriy, xloroplast, ribo
soma, yadro, 
hujayra membranalari, viruslar va prionlar darajasida tekshiradi.
Shu bilan birga hozirgi zamon molekulyar biologiya fanining yutuqlarini 
tushuntirib berish va metadalogik aspektlarni yoritishdan iborat. Ushbu fanni 
chuqur о‘zlashtirishda nazariy bilimlar bilan amaliy mashg‘ulotlar 
uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Molekulyar biologiya 20-asrning 50-yillarida biokimyo fanidan ajralib 
chiqdi va mustaqil fan sifatida shakllandi. Molekulyar biologiya terminini 
birinchi marta ingliz olimi U.Astberi qoʻllagan. Molekulyar biologiyaning 
vujudga kelishi koʻpincha F.Krik va J.Uotson tomonidan 1953
-yilda DNK 
molekulasi gipotetik m
odelining kashf etilishi bilan bogʻlanadi. Bu modelda 



DNK ning biologik funksiyasi uning kimyoviy tuzilishi bilan bogʻliq ekanligi 
koʻrsatilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, DNK molekulasi oʻzida irsiy axborotni 
saqlashi haqidagi dastlabki maʼlumot 1944
-yilda O.Everi va uning xodimlari 
tomonidan aniqlangan. Molekulyar biologiyaning shakllanishida genetika, 
mikrobiologiya, virusologiya sohasidagi tadqiqotlar katta ahamiyatga ega 
boʻldi. Shu bilan birga aniq 
fanlar fizika, kimyo, matematika, kristallografiya 
va ayniqsa, rentgen struktura taxl
ili boʻyicha erishilgan yutuqlar molekulyar 
biologiyaning rivojlan
ishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. 
Molekulyar biologiya 
sohasidagi kashfiyotlarga ayrim oqsillarning strukturaviy tuzilishi va ular 
bajaradigan funksiyasi bilan strukturasi oʻrtasidagi bogʻlani
shning aniqlanishi 
(M.Peruts, J.Kendryu, F.Senger, K.Anifensen, Y.Ovchinnikov va boshqalar), 
nuklein kislotalar va ribosomalarning tuzilishi hamda biologik funksiyalari 
mexanizmlarning oʻrganilishi (J.Uotson, F.Krik, R.Xolli, N.A.Belozerskiy, 
A.Bayev), qaytar transkriptaza fermentining kashf etilishi (X.Temin, 
D.Baltimor), genetik kodning maʼno
si ochib berilishi (M.Nirenberg, S.Ochoa), 
oqsil biosintezining asosiy bosqichlari (F.Krik, F.Jakob, J.Mono, A.Spirin) va 
nuklein kislotalarning hosil boʻlish mexaniz
mlari aniqlanishi (A.Korenberg, 
S.Ochoa), 
viruslarning 
strukturaviy 
tuzilishi 
va 
ular 
replikatsiyasi 
mexanizmlari hamda genetik muhandislik metodlarining ishlab chiqilishi 
(P.Berg, V.Arber, G.O.Smit, D.Natane), genning sintezlanishi (X.Korana), 
prionlarning strukturaviy va funksional xususiyatlari aniqlanishi (S.Prusner), 
odam genomining toʻliq oʻrganilishi va embrional oʻq hujayralarining kashf 
etilishi (M.Evene, J.Tompson, J.Bekker) misol boʻla oladi.
Oʻzbekistonda molekulyar biologiyaning rivojlanishi oʻ
tgan asirning 60-
yillariga toʻgʻri keladi. Uning rivojlanishi biokimyo sohasidagi tadqiqotlar 
bilan chambarchas bogʻliq. Molekulyar biologiya fan sifatida dastlab hozirgi 
OʻzMU ning biokimyo kafedrasida 1966
-
yildan oʻqitila boshlandi.
Molekulyar biologiya soxasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari 
Oʻzbekiston 
Fanlar akademiyasi Biokimyo instituti 
faoliyati bilan bogʻliq. Bu sohada 
erishilgan yutuqlarga olimlarimizdan 
Y.Toʻraqulov
, A.Ibragimov, T.Soashov, 



B.Toshmuhamedov, A.Abdukarimov, M.Raximov, Sh.Solihov, Sh.Azimova, 
T.Yusupov, 
O.Odilova va boshqa katta hissa qoʻshgan. Molekulyar biologiya 
qishloq xoʻjaligida
 
(koʻp mahsulot beradigan zotlar va hosildor navlar olish 
maqsadida hayvon va oʻsi
mliklarning irsiy apparatni boshqarish va 
yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar hosil qilishda), mikrobiologiya sanoati (biologik 
faol polipeptidlar, oqsillar va aminokislotalarni bak teriyalar yordamida 
sintezlash)da, tibbiyot turli sohalari (virusologiya, immunolog iya) ning 
nazariy asosi sifatida katta amaliy ahamiyatga ega. Hozirgi davrda molekulyar 
biologiya oldida xavfli oʻsmalar va irsiy kasalliklarning molekulyar 
muammolarini oʻrganish, ularning oldini olish, katalitik reaksiyalar, 
gormonlar, zaharli va dorivor 
moddalar taʼsirining molekulyar mexanizmlarini 
aniqlash, xotira mexanizmi va nerv jarayonlari tabiatini aniqlash kabi 
muammolarni hal qilish vazifalari turibdi. Molekulyar biologiya biokimyo, 
biofizika, bioorganik kimyo va biotexnologiya bilan birga biologiyaning bitta 
u
mumiy yoʻnalishi boʻlgan fizik
-kimyoviy biologiyaga kiradi. 
Molekulyar biologiya kompleks fan hisoblanadi, chunki u yuksak 
molekulyar organik birikmalarning tuzilishi haqidagi eng sо‘nggi ilmiy 
ma’lumotlariga asoslanadi.
Shunday qilib, molekulyar biologiya evolyutsiya qanday borishini, uning 
mexanizmini ochib beradi, ya’ni jonli organizmlar uchun xos bо‘lgan 
rivojlanish fenomenini ham molekulyar tekislikda oqsillar va nuklein 
kislotalarning о‘zaro munosabati, reaksiyalari shaklida ifodalaydi.
Molekulyar bio
logiyaning ilmiy tadqiqot ishlarida keng qо‘llaniladigan 
metodlari va asboblari: elektron mikroskop, ultratsentrifuga, rentgen -struktura 
analizi, xromotografiya, elektroforez, nishonlangan atomlar va boshqalar.
XX asrning 2-
yarmida kо‘plab mamlakatlarda о‘limga sababchi bо‘lgan 
turli yuqumli kasalliklar (vabo, о‘lat, chechak) yо‘qotildi. Ammo keyingi 
vaqtda yuqumli kasalliklar kamaygan bо‘lsa, rak, yurak qon tomir 
sistemalarining jarohatlanishi, moddalar almashinuvi kasalliklari, ruhiy va 
nasliy (irsiy) kas
alliklar juda ham kо‘paydi. Tirik sistemalarning strukturaviy 



tuzilishi va funksiyasini mukammal о‘rganilgandagina, kasalliklarning 
tabiatini tо‘g‘ri aniqlanadi va davolanadi yoki kasalliklarni oldini olish 
mumkin. 
Molekulyar biologiya va gen injenerligining turli tarmoqlari nihoyatda 
jadallik bilan rivojlanmoqda, birinchi darajali ahmiyatga ega masala - 
insonning jismoniy va ruhiy holati, funksiyasi, imkoniyati boshqarilishi 
molekulyar asosini tushunishdir. 
Molekulyar biologiyaning asosiy maqsadi hayotiy jarayonlarning asosini 
tashkil qiluvchi 

irsiyat, о‘z
-
о‘zini yaratish, oqsillarning biosintezi, 
qо‘zg‘aluvchanlik, о‘sish va rivojlanish, axborotni saqlash va uzatish, 
energiya 
almashinuvi, 
harakatlanish 
va 
boshqalarning 
asosida 
biopolimerlardan oqsil va nuklein kislotalarning faoliyati asosida namoyon 
bо‘ladi. 
Molekulyar 
biologiyaning 
boshqa 
sohalaridan 
farqi 
makromolekulalarning biologik vazifasini uning strukturasi va fazoviy 
konfiguratsiyasiga bog‘liq ekanligi asosida tadqiq
-izlanishlariga olib boradi. 
Demak, biror biologik funksiyaning namoyon bо‘lishi molekulalarning 
fizikaviy-
kimyoviy о‘zgarishga bog‘liqligi asosida kelib chiqadi. Hayotiy 
jarayonlar fizikaviy-
kimyoviy qonuniyatlardan ustun bо‘lsa ham biologik 
hodisalarni tadqiq qilishda molekulyar biologiyani asosiy metodologiyasi 
fizikaviy-
kimyoviy g‘oyalarga asoslandi. 
Hozirgi kunda molekulyar biologiya eng sodda va murakkab organizmlar 
tarkibida bо‘lgan hujayra yadrosi, mitoxondriya, ribosoma, xromosoma, 
hujayra membranalari alohida ajratilib, ularning faoliyatini atom va 
molekulyar nuqtai nazardan о‘rganmoqda. Bir vaqtda ham jonli ham jonsiz 
bо‘lgan viruslar va bakteriyafaglarning hayoti jarayonlarini belgilovchi 
nuklein kislatalar va oqsillar ham molekulyar asosida har tomonlama tadqiq 
qilingan. Molekulyar biologiya fanining poydevorini genetika, biokimyo, 
fiziologiya va bо‘lak biologik jarayonlar tashkil etadi. Molekulyar 
biologiyaning rivojlanishi molekulyar genetika bilan chambarchas bog‘liq 
bо‘lsa ham, mazkur fan alohida shakllanib mustaqil soh
a sifatida faoliyat 



kо‘rsatmoqda. Molekulyar biologiyaning biokimyodan farqi shuki, biokimyo –
kimyoviy moddalarning muayyan biologik jarayonlardagi roli, ularning modda 
almashinuvidagi tutgan о‘rnini aniqlash, asosiy urg‘u ularning kimyoviy 
tuzilishi asosida reaksion qobiliyati aniqlanadi. Biokimyoda mazkur jarayonlar 
tizimini belgilashda asosiy о‘rinni yetikchi kimyoviy bog‘lar hal qiladi. Xuddi 
shunday fikrni Nobel mukofotining sovrindori L.Poling shunday tariflaydi: 
«Hayotiy jarayonlarning poydevorini t
ashkil 
qiladigan 
biokimyoviy 
tizimlarning asosini yakka molekuladagi har xil kimyoviy bog‘lar va 
molekulalar о‘rtasidagi ta’sir kuchlari (elektrostatik, vann
-dervals, vodorod 
bog‘lari va boshqalar) yetakchi о‘rinni egallaydi». Yana shuni ta’kidlash 
kerakki, biokimyoviy tadqiqotlar, kimyoviy tenglamalar asosida bir 
yо‘nalishda ikki о‘lcham asosida ta’riflanadi. Molekulyar biologiyaning о‘ziga 
xosligi esa uning uch о‘lchamligidir.

Download 1,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. MOLEKULYAR BIOLOGIYA FAN SIFATIDA

Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish