|
Suvning hujayradagi funksiyalari nihoyatda ko‘pBog'liq biologiya 10 uzb Kurs ishi1 surxandaryo, DVIGATELLARNING KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH USULLARI VA ULARNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI., Science and Human, ASIL ABBOS FERRARI, abdikerimova g operatsion sistemasi, axborotni muhofaza qilish, bayonnoma, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, Scan 20230522 (2), REFERAT O\'ZI, Shaxsiy varaqa MohichaSuvning hujayradagi funksiyalari nihoyatda ko‘p. Ko‘p hujayrali orga-
nizmlar tana massasining 80% ini suv tashkil qiladi. Hujayradagi suv ning
miq dori, shu hujayradagi moddalar almashinuvining intensivligiga bog‘liq bo‘-
la di. Hujayrada hayotiy jarayonlarning suvli muhitda o‘tishga mos lashganligi,
dastlabki hayotning suvda paydo bo‘lganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi.
Suvning biologik funksiyalari uning fi zik-kimyoviy xususiyatlari bilan
belgilanadi. Suv molekulasi kislorod atomi va u bilan kovalent bog‘lar orqali
bog‘langan ikkita vodorod atomidan tashkil topgan. Suv molekulasining bir
tomoni musbat, ikkinchi tomoni esa manfi y zaryadlangan
bo‘lib, dipol – ikki qutbli molekula deyiladi (3-rasm). Bitta
suv molekulasining manfi y zaryadlangan kislorod atomi
bilan ikkinchi suv molekulasining musbat zaryadlangan
vodorod atomi orasida vodorod bog‘ hosil bo‘ladi. Har
bir suv molekulasi 4 ta qo‘shni suv molekulalari bilan
vodorod bog‘ hosil qilib birikadi (4-rasm).
Suvning yuqorida keltirilgan xususiyatlari
uning funksiyalarini belgi laydi. Suv ko‘pchilik
tirik organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi
va organizmda oziq moddalarni, metabolizm
mahsulotlarini tashiydi. Suvda erigan mineral
moddalar o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qimalari
orqali barcha organlariga yetkaziladi.
Suv hujayrada muhim erituvchi hisoblanadi.
Suv molekulalari qutbli bo‘lgani uchun unda qutbli
moddalar yaxshi eriydi. Suvda yaxshi eriydigan
moddalarni gidrofi l moddalar deyiladi (5-rasm).
Ularga osh tuzi, monosaxaridlar, disaxaridlar, od-
diy spirtlar, aminokislotalar misol bo‘ladi. Suv da
yomon eriydigan va umuman erimaydigan mod-
da larni gidrofob moddalar deyiladi. Ularga poli-
saxaridlar (kraxmal, glikogen, kletchatka), ATF,
lipidlar, ba’zi oqsillar, nuklein kislotalar kiradi.
|
| |