• RNKning tuzilishi
  • -rasm. DNKning tuzilishi. 16-rasm




    Download 6.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/186
    Sana13.05.2023
    Hajmi6.63 Mb.
    #59241
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186
    Bog'liq
    biologiya 10 uzb
    Kurs ishi1 surxandaryo, DVIGATELLARNING KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH USULLARI VA ULARNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI., Science and Human, ASIL ABBOS FERRARI, abdikerimova g operatsion sistemasi, axborotni muhofaza qilish, bayonnoma, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, Scan 20230522 (2), REFERAT O\'ZI, Shaxsiy varaqa Mohicha, Документ Microsoft Word (3), Mehnat-oila tarbiyasinig sharti sifatida, Презентация давлат хукук тарихидан
    15-rasm. DNKning tuzilishi.
    16-rasm. DNK. 
    DNKning tuzilishi. DNK molekulasi birgalikda o‘ng tarafga buralib, 
    qo‘sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirlardan iborat. Bu zanjirlar 
    bir-biriga antiparallel bo‘lib, biri 3´ uglevod bilan boshlanib 5´ uglerod 
    bilan tugallansa, ikkinchisi 5´ uglerod bilan boshlanadi va 3´ uglerod bilan 
    tugallanadi. Purin va pirimidin asoslari spiral ichida joylashadi (15-rasm).
    Bir zanjirning purin asosi va ikkinchi zanjirning pirimidin asosi bir-biri 
    bilan vodorod bog‘i orqali bog‘lanib komplementar juftlarni hosil qiladi. 
    Adenin va timin o‘rtasida ikkita vodorod bog‘i hosil bo‘lsa, guanin va sitozin 
    o‘rtasida uchta vodorod bog‘i hosil bo‘ladi (16-rasm).
    Azotli asoslarning komplementarlik qonu-
    niyatlari E.Chargaff qoidasida aks etgan:
    1. Purin asoslarining soni pirimidin 
    asoslari soniga teng. 
    2. Adeninlar soni timinlar soniga, guaninlar 
    soni sitozinlar soniga teng: A=T, G=C
    3. Adenin va guaninlar sonining yig‘in disi
    sitozinlar va timinlar sonining yig‘indisiga 
    teng: A+G=T+C
    Azotli 
    asoslar 
    komplementarligi 
    DNK ning irsiy axborotni saqlash va nasldan 
    naslga o‘tkazish vazifasining kimyoviy asosi 
    hisoblanadi. Nukleotidlarning ketma-ketligi 
    saqlan gandagina irsiy axborot nasldan naslga 
    xatosiz o‘tkaziladi. 
    RNKning tuzilishi. RNK molekulasi bitta polinukleotid zanjiridan iborat 
    (17-rasm). Tuzilishi, molekulasining katta-kichikligi, hujayrada joylashishi va 
    bajaradigan vazifasiga ko‘ra 3 xil RNK farq qilinadi. 
    Informatsion RNK (i-RNK) oqsilning strukturasi haqidagi genetik axborotni 
    yadrodan ribosomalarga yetkazadi. Ribosomal RNK (r-RNK) ribosomalarning 
    tarkibiga kiradi, yadroda xromosomaning yadrocha hosil qiladigan qismida 
    sintezlanadi. Transport RNK (t-RNK) yadroda hosil bo‘ladi, aminokislotalarni 
    biriktirib ribosomaning polipeptid zanjiri 
    yig‘iladigan joyga – ribosomaga yetkazadi. 
    t-RNK «beda bargi» deb ataluvchi ikki-
    lamchi struktu ra ga ega. t-RNKning mo le-
    kulasida ikkita faol qismi bo‘lib, ular dan 
    biri antikodon tripleti va ikkin chisi akseptor 
    uchi. Antiko don tripleti, i-RNKning kodo-
    niga komplementar. Akseptor uchi ga 
    aminokislotalar birikadi (18-rasm). RNK 
    mo lekulalari DNK molekula si ning qo‘sh 
    zanjirining biriga kom plementar tarz da 
    sintezlanadi.

    Download 6.63 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186




    Download 6.63 Mb.
    Pdf ko'rish