• Foydalaniladigan adabiyotlar: [A1, 3-279; A2,4-6; A4,45-49; A8,45-48; A9,23-34; A11,23-34; A5,6-12.] 1. Hujayra kulturasi va to’qimasi Hujayra biotexnologiyasi
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

     
    Nazorat savollari 
    1. Gen muxandisligining moddiy asoslari haqida ma’lumot bering? 
    2. Replikasiya nima? 
    3. Transduksiya nima? 
    4. Oqsil biosintezini gapirib bering? 
    5. Vektorlar haqida ma’lumot bering? 
    3-mavzu. HUJAYRA BIOTÅÕNOLOGIYASI 
     
    Reja: 
    1. Hujayra biotexnologiyasi moddiy asoslari.
    2. Hujayra kulturasi. 
    3. Hujayra to’qimasi. 
    4. Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarining yo’nalishlari. 
    5. Hujayralar qo’shilishi. Protoplast. Kallus to’qimalari. Meristema.
    Foydalaniladigan adabiyotlar: 
    [A1, 3-279; A2,4-6; A4,45-49; A8,45-48; A9,23-34; A11,23-34; A5,6-12.] 
    1. Hujayra kulturasi va to’qimasi 
    Hujayra biotexnologiyasi – hujayra, to’qima va protoplastlarni ishlatishga asoslanadi. 
    Hujayralarni manipulyasiya (faoliyatiga qandaydir o’zgarishlar kiritish) qilish uchun, ularni 
    o’simlikdan ajratib olish o’simlik organizmidan tashqarida yashashi va ko’payishi uchun sharoit 
    tug’dirib berish lozim. Ajratib olingan hujayra va to’qimalarni sun’iy ozuqa muhitida, steril 
    sharoitda (in vitro) o’stirish, usuli ajratilgan to’qimalar kulturasi deb nom oldi va ularni 
    biotexnologiyada ishlatish mumkinligi sababli, katta ahamiyat kasb etdi. 


    Biotexnologiya uzoq - uzoqlardan ma’lum bo’lsada, alohida amaliy fan sifatida o’tgan asrni 
    ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat eng avvalo o’zi uchun o’ta zarur bo’lgan ya’ni oziq-ovqat, 
    energetika, zahira (resurs), atrof – muhitni muhoxazasi va x.k. muammolarni tubdan yangi asosda 
    echishi zarurligini sezganidan keyin mujassamlana boshlandi. Biotexnologik jarayonlar sun’iy 
    ozuqa muhitida o’stirilgan mikroorganizmlar, o’simlik va xayvon to’qimalari, hujayralari va 
    orgalaridan foydalanishga asoslanadi. Xozirgi vaqtda dunyoni ko’plab mamlakatlarida 
    biotexnologiyani rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga asosiy sabab, biotexnologiyani 
    boshqa texnologiyalarga nisbatan bir qator ustunlikka egaligidir. Masalan, biotexnologik jarayonlar 
    juda kam energiya talab qiladilar, deyarli chiqindisiz, ekologik toza va x.k SHuning bilan bir 
    qatorda, biotexnologiya standart jihozlardan va preparatlardan foydalanadi va iqlim sharoitiga 
    qaramasdan hamda ko’p maydon egallamagan holda jarayonlarni yil bo’yi o’tkazishga asoslanadi. 
    Aytib o’tilgan ustunliklar, o’simliklarni va xayvonlarni hujayralari, to’qimalari va organlariga ham 
    tegishlidir. 
    Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni biotexnologiyadagi rolini uch yo’nalishda ko’rish 
    mumkin: 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish