• I-bosqich (1892 – 1902 yillar)
  • II-bosqich (1902-1922 yillar)
  • III-bosqich (1922 – 1932 yillar).
  • V-bosqich (1940 – 1960 yillar).
  • VI-bosqich (1960 – 1975 yillar).
  • VII-bosqich – (1975 yildan hozirgi vaqtgacha).
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    Uchinchi yo’nalish – ajratib olingan to’qimalarni ko’paytirish va ekuv materiallarini viruslar 
    va boshqa patogenlardan sog’lomlashtirish maqsadida ishlatish. Bu usul, o’simliklarni 
    klonal mikroko’paytirish deyiladi va bitta medistemadan yiliga yuz minglab o’simlik 
    olish imkonini beradi
    Hujayra va to’qimalar kulturalarini ishlatishdagi natijalar birinchi navbatda hujayralarni 
    bo’linishi, ularni tabaqalanishi va ulardan o’simlik o’sib chiqishini belgilovchi, fiziologik 
    jarayonlarni optimizasiyasiga bog’liq. Eng murakkab tomon bu alohida hujayradan o’simlik 
    regenerasiya qilish. Birinchi navbatda bu boshoqli o’simliklarga tegishli. SHuning uchun ham in 
    vitro sharoitda morfogenez regenerasiya va ularni asosida yotgan jarayonlarni mexanizmlarini 
    aniqlash, eng muhim ahamiyatga egadir. 
    O’simliklardan ajratib olingan to’qimlarni o’stirishga xarakat ancha uzoqlardan ma’lum. Bu 
    metodni rivojlanish tarixini bir necha bosqichlarga bo’lib o’rganish mumkin: 


    ¾ I-bosqich (1892 – 1902 yillar) – Xaberlandt, Fexting, Rextiger kabi nemis olimlarini 
    nomlari bilan bog’liq. Ular saxaroza eritmasida xar xil o’simliklar to’qimalarini o’stirishga 
    urinib ko’rishgan, ammo o’simliklarni o’sishi kuzatilmagan. Faqatgina qoqi o’tini va tol 
    daraxtini poyalarini sigmentlari uchun birlamchi kallus olingan va kallusgenezga aylanishi 
    mumkin bo’lgan segmentin eng kichik razmeri aniqlangan. Eksperimental 
    muvaffaqiyatlarga etaolmasdan bu olimlar qator g’oya va gipotezalar yaratganlar. Bu 
    g’oya va gipotezalar ancha kechiroq o’z tasdiqini topgan. Masalan, Xarerlandt xar qanday 
    tirik o’simlik hujayrasini totipotentligi ya’ni hujayralarni ma’lum sharoitda o’stirilganda 
    o’zini rivojlanish potensialini namoyon qilishi va butun o’simlik hosil bo’lishiga boshlashi 
    haqida gipoteza e’lon qilgan edi. 
    ¾ II-bosqich (1902-1922 yillar) – xayvon to’qimalarini o’stirish uchun birinchi ozuqa muhiti 
    yaratilganligi bilan nishonlanadi. Bu ozuqa muhitlari tabiiy bo’lib, tarkibida qon plazmasi 
    (qonni suyuq qismi) va kurtak suyuqligi saqlagan. Ajratib olingan o’simlik to’qimalarini 
    o’simlik ekstraktlari saqlagan sun’iy ozuqa muhitida o’stirib ko’rish muvoffaqiyatsiz 
    chiqqan, chunki eksperimentlarda yuksak o’simliklarni o’sish faolligini namoyon qilishga 
    to’g’ri kelmaydigan hujayra va to’qimalaridan foydalanilgan. 
    ¾ III-bosqich (1922 – 1932 yillar). Bu davrda bir-birlari bilan bog’liq bo’lmagan holda 
    Amerikalik olim V.Robins va nemis olimi Kotte qattiq ozuqa muhitida pomidori va 
    makkajo’xori ildizi uchidagi meristemalarni o’stirish mumkin ekanligini namoyish 
    qilganlar. Ammo, ma’lum vaqt o’tgach, o’simlik to’qimalari qo’ng’ir rangga kirib, xalok 
    bo’lganlar. O’simliklarni to’qimalarini o’stirish metodii rivojlanishi – 1932 yildan 
    boshlangan. 
    ¾ IV-bosqich (1932 – 1940 yillar), fransuz olimi R.Gotre nomi bilan bog’liq. U, in vitro 
    sharoitida o’simlik to’qimalarini vaqti- vaqti bilan toza ozuqa muhitiga ko’chirib turish 
    orqali uzoq vaqt o’stirish mumkinligini namoyish qilgan. Bu yangilik, to’qimalar 
    texnologiyasini rivojlanishiga katta xissa qo’shdi va o’stirishga qo’yiladigan o’simliklar 
    soni juda ham kpaydi. 
    ¾ V-bosqich (1940 – 1960 yillar). 1955 yilda yangi sinfga mansub fitogormon – sitokininlarni 
    ixtiro qilinishi, (xususan kinetinni) hujayralarni bo’linishini kuchaytirish imkonini yaratadi. 
    O’sishni kuchaytiruvchi moddalarni miqdori va ularni nisbatiga qarab, eksplant hujayrasini 
    bo’linishini kuchaytirish, kallus to’qimalarni o’sishini muhoxaza qilish, morfogenezni 
    mndusirovat qilish mumkin ekanligi namoyish etildi.SHu davrda kakos yong’og’ini, kashtan, 
    makkajo’xori va boshqa o’simliklar endospermalarini hujayrani o’sishi, morgenez 
    jarayonlari (kallus to’qima va hujayra suspenziyasida)ga ijobiy ta’sir ko’rsatishi 
    aniqlashgan. 
    ¾ VI-bosqich (1960 – 1975 yillar). Bu davrni eng muhim voqeasi Nottingen universiteti 
    professori E.K.Kokking tomonidan fermentativ yo’l bilan pomidorini ildizi va mevasidan 
    protoplastlar olinishi va ularni nazorat qilinib turilgan sharoitda o’stirilganligi bo’lgan. 
    Keyinroq shu laboratoriyada Pauer o’zini shogirdlari bilan protoplastlarni sun’iy qo’shilish 
    sharoitlarini yaratishgan. Bu esa, somotik gibridlar yaratishda yangi yo’l bo’lib xizmat 
    qilgan. O’sha davrda yaratilgan yana bir usul – bu o’simliklarni in vitro sharoitida meristin 
    kulturalar ishlatib mikro ko’paytirishdir. Dastlab bu usul fransuz olimi J.Morel tomonidan 
    orxidey o’simligini sog’lom ko’chatini olish maqsadida yaratilgan. 
    ¾ VII-bosqich – (1975 yildan hozirgi vaqtgacha). In vitro texnikasini jadallik bilan 
    rivojlanishi o’stiriladigan manbalarni biologiyasini o’rganish davom etmoqda ajratilgan 
    protoplastlarni elektro qovushtirish usullari ishlab chiqilmoqda, mutagenez va hujayra 
    seleksiyasi usullari, gaplogidli o’simliklar yaratish usullari, hujayralarni ajratilgan 
    protoplastlar va Ti va Ri Agrobacterium tumefaciens va Agrobacterium rhizogenes asosida 
    tayyorlangan Ti va Ri plazmid vektorlarni ishlatib suyuqlikda o’stirish usullari 
    mukammallashtirilmoqda. Gen muxandisligi usullari yordamida ikki pallali o’simliklarni 
    genlarini ko’chirib o’tkazishni samarali usullari ishlab chiqildi. 


    SHunday qilib, oxirgi yillarda ajratib olingan o’simlik hujayralari va to’qimalari bilan ishlash 
    texnikasi takomilashtirildi. Ammo, bu ishlarda asosiy manba bo’lib, bir pallali va ikki pallali o’tlik 
    o’simliklar xizmat qilgan. Daraxtlarni o’rganish bo’yicha olib borilgan ishlar unchalik ko’p emas. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish