• Birinchi
  • 1–latent yoki lag-faza
  • 3-faza to’g’ri chiziqli (lineyka)
  • KALLUS TO’QIMALAR KULTURASI




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    3. KALLUS TO’QIMALAR KULTURASI 
     
    Umumiy holati 
     
    Ajratilgan to’qimalar kulturasi odatda yoki kallusli, yoki shish (juda kam holatda) to’qima 
    bo’lishi mumkin. Kallusli kultura tabaqalashmagan (dedifferensirovanno’y) hujayralardan tashkil 
    topgan, tartibsiz to’qimalardir. Keyinroq ular kallusliga ixtisoslashadi, ya’ni o’ziga xos ravishda 
    tabaqalashadi. Kallus degani qadoq (qotib qolgan) degan ma’noni anglatib, in vitro sharoitida 
    alohida olingan to’qimalarni (eksplantlar) bir qismida va butun o’simlikni bir qismida 
    (shikastlanganda) paydo bo’lishi mumkin. 
    In vitro sharoitida kallus to’qima, asosan oq yoki sariqrog’ juda hm kam holatlarda och-yashil 
    rangda bo’ladi. Kallus hujayralar qariganda, to’q qo’ng’ir rangga kiradilar, bunga sabab ularda 


    fenol birikmalarini to’planishi bilan bog’liq. Vaqt o’tishi bilan fenollar oksidlanib, linonga 
    aylanadilar. Ulardan qutulish maqsdida ozuqa muhitiga antioksidantlar qo’shiladi. 
    Kallus to’qimalar amorf bo’lib, ma’lum bir anatomik tuzilishga ega eamslar, ammo kelib – 
    chiqishi va o’stirish sharoitiga qarab, har xil konsistensiyaga (suyuq - quyuq va x.) ega bo’ladilar:
    ¾ 
    Birinchi – uvalanib ketadigan po’k xolatda kichik agregatlarga engil maydalanib 
    ketadigan, kuchli suvlangan hujayralar
    ¾ 
    Ikkinchi – o’rta zichli yaxshi namoyon bo’lib turadigan meristemali o’choqlar; 
    ¾ 
    Uchinchi – zich xolatda, unda kambiy (o’simlik po’tlog’i tagidagi bo’linuvchan 
    hujayralar) elementlari va o’tkazuvchi tizim tabaqalashgan (differensiasiya) holatda 
    uchraydi
    O’simlik hujayrasini tabasizlanishi va uni kallusga aylaniishi uchun shart bo’lgan sharoit-bu 
    ozuqa muhiti tarkibida ikki fitogormonlarni ya’ni auksinlar va sitokininlarni bo’lishidir. Auksinlar 
    hujayralarni tabaqasizlanishini (dedifferensirovka) chaqirsa ularni bo’linishiga tayyorlaydi, 
    sitokininlar tabaqasizlangan hujayralarni bo’linishiga (troliforsiya) olib keladi. Agar tarkibida 
    gormon saqlamagan ozuqa muhitiga poya, barg yoki ildizni bir qismini tiqib qo’yilsa, hujayralarni 
    bo’linishi amalga oshmaydi va kallus to’qima hosil bo’lmaydi. Bu tabaqalashgan hujayralarni 
    bo’linaolmasligi bilan bog’liqdir (3.1-rasm). 
    3.1-rasm. 
    Turli xil eksplantlardan kallus 
    to’qimasi kultura-larini olish: 


    Har bir hujayra o’sishni uch bosqichda o’tadi:
    ¾ bo’linish; 
    ¾ cho’zilish;
    ¾ tabaqalanishi (differensirovka). 
    Oxirgi bosqichni (fazani) xarakterli tomoni hujayrani ikkilamchi qobig’ini qalinlashuvi va 
    hujayrani bo’linishga bo’lgan qobiliyatini yo’qotishidir. Differensiasiyaga uchragan hujayralar yana 
    qaytadan bo’linish qobiliyatiga ega bo’lishi uchun, ularni dedifferensirovka bo’lishi shart, ya’ni 
    hujayra xuddi meristema holatiga qaytishi kerak. Tabaqalangan hujayralarni ko’paytirish tartibsiz, 
    anarxiya shaklida o’sishga olib keladi va oqibatda kallus to’qima hosil bo’ladi. SHunday qilib, 
    ixtisoslashgan hujayralarni kallus to’qimalarga aylanishi hujayra bo’linishini kuchaytirish bilan 
    bog’liq bo’lib, tabaqalash jarayonida, hujayra bo’linish qobiliyatini yo’qotadi. 
    Ozuqa muhiti tarkibida sitokininlarni bo’lmasligi tamaki o’simligini o’zak qatlami 
    parenximasida hujayra siklini to’sib qo’yadi. SHuning uchun ham agar ozuqa muhiti tarkibida 
    faqatgina auksin bo’lsa, hujayra bo’linmaydi va to’rt kunlik davrdan keyin cho’zilib, o’sishga 
    o’tadi. 
    Auksinlarsiz, faqat sitokininlarni o’zlari ham gormon saqlamagan ozuqa muhitiga o’xshab, 
    o’simlikni qarishiga olib keladi. Tamaki o’simligi misolida keltirilgan dalillar birta gormon 
    saqlagan ozuqa muhitida kallusli to’qima hosil bo’lishini barchasini tushuntira olmaydi. Bunga zid 
    bo’lgan misollar ham bor. 
    Masalan, bug’doyni etilmagan kurtaklarida sitokininsiz 2,4-D saqlagan ozuqada kallus hosil 
    bo’lishi yoki kungaboqarni urug’ pallasida sitokinin saqlagan auksin saqlamagan ozuqada kallus 
    hosil bo’lishi va x.k. Kuzatiladign natijalar ko’proq endogen gormonlarga, aniqrog’i u yoki bu 
    eksplantni hujayrasida saqlanadigan gormonlar bilan ya’ni hujayrani gormonal statusi bilan bog’liq 
    ekanligi isbotlangan. 
    Ba’zi bir olimlarni fikrlaricha, hujayrani bo’linishini auksin yoki sitokinin emas, balki 
    polisaxaridlar va boshqa qandaydir induktorlar chaqirishi va kallus hosil bo’lishiga olib kelishi 
    mumkin.
    Apeksni asosiy qismida kallusli o’sishga o’tish jarayoni hujayra bo’linishini to’xtashi bilan 
    boshlanadi. Lag – faza 24-28 soat davom etadi. Bu davr mobaynida hujayra kattalashib, to’qimalar 
    shishadi. Lag faza tugagandan keyin hujayra tez bo’linib, kallus to’qima hosil qiladi. SHunday 
    qilib, agar ixtisoslashgan hujayralarni dedifferensiasiyasi fitogarmonlr ta’sirida bo’linishni 
    kuchayishi (induksiyasi) bilan bog’liq bo’lsa, bo’linadigan meristemali hujayralarni 
    dedifferensiasiyasi bo’linishini to’xtash bilan xujyrani ixtisoslanishi va faqatgina undan keyin 
    kallus hosil bo’lishiga olib keluvchi bo’linishni kuchayishi bilan bog’liq. 
    Bir fitogormonnni ta’sir samarasi, nishon to’qimani fiziologik tavsifiga qarab har xil bo’lishi 
    mumkin. 
    Hujayrani in vitro sharoitida differensiallangan holatdan didefferensiallangan holatga va 
    hujayrani faol bo’linishga o’tishi, genlarni faolligini o’zgarishi bilan boshlanadi. (Epigenomli 
    o’zgaruvchanlik). Bir genni faollashuvi va ikkinchisini repressiyaga uchrashi hujayradagi oqsil 
    tarkibini o’zgarishiga olib keladi. Kallusli hujayralarda o’ziga xos bo’lgan oqsillar paydo bo’ladi va 
    bir vaqtning o’zida bargning fotosintez qiluvchi hujayralarida oqsillar miqdori pasayadi. Ikki pallali 
    o’simliklarda didefferensiallashgan genlarni repressiya va depressiya jarayonlari nisbatan oson 
    o’tadi. 
    Dedifferensiallashgan hujayrlarni kallus to’qimalar hosil bo’lishiga olib keluvchi tartibsiz 
    ko’payishga o’tishi bilanbiokimyoviy va sitologik o’zgarishlar sodir bo’ladi. Zahiradagi moddalarni 
    ishlatilishi va ixtisoslashgan hujayra organellalarini parchalanishi bilan dedifferensiallanish 
    boshlanadi. Dedifferensiyani induksiyasidan 6-12 soat o’tgandan keyin hujayra qobig’i 
    g’ovaklashib shishadi, mustaqil ribosomalar soni ko’payib, Goldji apparati elementlari soni ham 
    oshadi. Bu o’zgarishlar bo’linishdan oldin boshlanadi.


    O’stirishga qo’yishdan oldin, eksplantlar hujayrasining metabolizmida o’zgarishlar sodir 
    bo’lishini, u esa dedifferensiya yoki travmatik sintez bilan bog’liq bo’lishini hisobga olib qo’yish 
    zarur. Bunday jarayonlarni ajratish maqsadida eksplantlarni gormonlar saqlamaydigan muhitda 3-6 
    sutka davomida preinkubasiya qilish tavsiya etiladi. 
    Kallusli hujayra o’zini rivojlanish sikliga ega bo’lib, har qanday hujayrani rivojlanishini 
    qaytaradi: bo’linish, cho’zilish va differensiya va undan keyin qarish va hujayrani o’lish davri. 
    Kallusli differensiyani ikkilamchi deb atasa bo’ladi, ammo uni morfogenez asosida yotuvchi 
    hujayralarni ikkilamchi differensiyasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. 
    Kallus hujayralari nobud bo’lib qolmasligi uchun ularning bo’linishga bo’lgan qobiliyatlarini 
    yo’qotmasliklari uchun, eksplantlarda paydo bo’lgan birlamchi kallus, 4-6 haftadan keyin yangi 
    tayyorlangan ozuqa muhitiga o’tkazib turiladi. Bu operasiyani – passirlash deb ataladi. O’z vaqtida 
    bu jarayon o’tkazib turilsa, kallus hujayralari o’n yillab o’z bo’lini xususiyatini yo’qotmasligi 
    mumkin. 
    Kallus hujayralarni o’sish chizig’i 3.2-rasmdan ko’rinib turibdiki, S- simon shaklga ega, 
    o’sishi besh fazdan iborat: 
    ¾ 1–latent yoki lag-faza davrida hujayra soni yoki og’irligi o’zgarmaydi. Hujayralar bu 
    davrda bo’linishga tayyorgarlik ko’radilar.
    ¾ 2-faza logariflik yoki eksponensial o’sish fazasi eng ko’p mitodik faollik bilan va kallus 
    kulturani massasini oshishi bilan hamda tezlik bilan o’sish kuzatilishi bilan xarakterlanadi. 
    ¾ 3-faza to’g’ri chiziqli (lineyka), bunda hujayralarni o’sish tezligi doimiydir.
    ¾ 4-faza o’sishni sekinlashuv fazasi boshlanadi, bu bosqichda hujayrani miotetik faolligi 
    keskin pasayadi.
    ¾ 5-faza o’sish chizig’i (stasionar) bir tekis xolatga keladi. Bu davrda hujayralar 
    parchalanadi, ammo hujayra sonini oshishi bilan barobarlanishadi; umuman olganda bu 
    bosqichda, hujayra massasini ko’tarilishi nolga teng bo’ladi. Stensionar fazadan keyin 
    hujayralarni degradasiyasi boshlanadi va bu davrda tirik hujayralarni soni va massasi tobora 
    kamayib boraveradi. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish