• Sinusoidal kattaliklarni kompleks tekislikda vektorlar bilan tasvirlash
  • Sinusoidal tok zanjirlarini kompleks usulida hisoblash




    Download 0,64 Mb.
    bet6/6
    Sana18.12.2023
    Hajmi0,64 Mb.
    #122375
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-ma’ruza. Bir fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari. Mavzu rejasi

    Sinusoidal tok zanjirlarini kompleks usulida hisoblash
    Sinusoidal tok zanjirlarini kompleks usulda hisoblashni amerikalik olim I. Shteynmets 1894 yilda ishlab chiqqan. Bu usul bilan hisoblashning asosida sinusoidal tok zanjiri uchun tuzilgan differensial tenglamalarni algebraik tenglamalar bilan almashlash yotadi. Bunda tok va kuchlanishlarning oniy qiymatlari ularning kompleks tasvirlari bilan almashtiriladi, ya'ni vaqt funksiyasidagi integro-differensial tenglamalardan kompleks shaklda yozilgan va vaqt kattaligi istisno qilingan algebraik tenglamalar hosil qilinadi. Bu esa, tabiiyki zanjirlarni hisoblashni ancha soddalashtiradi.
    Sinusoidal kattaliklarni kompleks tekislikda vektorlar bilan tasvirlash
    Ma'lumki har qanday kompleks son haqiqiy va mavhum qismlardan iborat. 2.16-rasmda kompleks tekislik keltirilgan. Abssissa o'qi haqiqiy sonlar o'qi, ordinata o'qi esa mavhum sonlar o'qi hisoblanadi. Kompleks tekislikda haqiqiy sonlar o'qi +1 belgi bilan, mavhum sonlar o'q esa bilan belgilanadi. Agar kompleks tekislikda abssissa o'qiga kompleks sonning haqiqiy qismini, ordinata o'qiga esa mavhum qismini joylashtirsak, u holda kompleks son tekislikda bir nuqtani ifodalaydi. Eyler formulasiga binoan Kompleks son kompleks tekislikda vektor ko'rinishda tasvirlanadi, uning amplitudasi 1 ga teng va burchakning musbat yo'nalishi haqiqiy sonlar o'qi (+1) ga nisbatan soat miliga teskari yo'nalishda hisoblanadi. funksiyaning moduli birga teng:

    funksiya vektorining haqiqiy o'qqa proyeksiyasi cosga teng, mavhum o'qqa proyeksiyasi esa singa teng. Agar funksiya o'rniga funksiyasini olsak, u holda
    (2.38)
    ifoda hosil bo'ladi.

    2.18.a.b.v-rasm
    Kompleks tekislikda bu funksiyaning (+1) o'qiga nisbatan burchagi ga teng, faqat vektorning uzunligi Im marta kattadir. (2.38) formuladagi burchak qiymati har xil bo'lishi mumkin. Masalan, t i (2.18-rasm, b), ya'ni burchak t vaqtga proporsional o'zgarsa, u holda

    tashkil etuvchi ifodaning haqiqiy (Re) qismi bo'lib, u quyidagicha ifodalanadi:

    tashkil etuvchi ifodaning mavhum Im qismi bo'lib, u quyidagicha yoziladi:

    Shunday qilib, sinusoidal tokni ko'rinishda yozish mumkin. Bu aylanuvchi vektor ni +j o'qiga proyeksiyasidir. Kompleks tekislikda sinusoidal kattaliklarni vector tasvirlarini t  0 dagi holatini tasvirlash qabul qilingan. Bu holda vektor t  0 bo'lganda quyidagicha ifodalanadi:

    Im -kompleks tok, uning moduli Im ga, argumenti esa vektorni haqiqiy sonlar o'qiga nisbatan hosil qilgan burchagi (boshlang'ich faza  i ) ga teng bo'ladi (2.18-rasm, v).
    Nazorat savollari.
    1. Sinusoidal tokni o'zgarmas tokka nisbatan afzalliklarini aytib bering?
    2. Sinusoidal kattalik(EYuK, tok, kuchlanish)larni tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlarga nimalar kiradi?
    3. Sinusoidal EYuK qanday hosil qilinadi?
    4. Sinusoidal EYuK, tok va kuchlanishlarning ta'sir etuvchi(effektiv) va o'rtacha qiymatlari qanday aniqlanadi?
    5. Sinusoidal kattaliklarni aylanuvchi vektorlar bilan tasvirlashning mohiyatini tushuntirib bering.
    6. Sinusoidal kuchlanish va tok vektorlari orasidagi faza siljish burchagi deganda nima tushuniladi?
    7. Aktiv, induktiv, sig'im, reaktiv va to'la qarshiliklar ifodalarini yozing va ma'nolarini tushuntirib bering.
    8. Sinusoidal kattaliklarni kompleks tekislikda vektorlar bilan tasvirlash qanday amalga oshiriladi va u qanday qulayliklar tug'diradi?
    9. Sinusoidal tok zanjirlarini kompleks usulda hisoblash ketma-ketligini aytib bering.
    10. Elektr zanjirlarida rezonans hodisasi nima va uni mexanikadagi rezonans bilan taqqoslang?
    11. Rezonans shartlari nima? Kuchlanishlar rezonansi nima va uni hosil qilish
    usullarini so'zlab bering?
    12. Quvvat koeffitsiyenti va uning amaliy ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?
    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinusoidal tok zanjirlarini kompleks usulida hisoblash

    Download 0,64 Mb.