42
inchi chiqish oyoqchasi esa unga beriladigan
kuchlanish manbai uchun
ajratilgan. Rasmdagi mikrosxemaning chap tomonida ko‘rsatilgan botiqlik
esa, undan o‘ng tomonda mikrosxemaning 1-inchi chiqish oyoqchasi
joylashganligini anglatadi. Mikrosxemaning qolgan oyoqchalarining
raqamlanishi, rasmda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilgan. O‘rta,
katta
va o‘ta katta mikrosxemalarda ham, ularning chiqish oyoqchalarining
raqamlanishi ana shu tartibda amalga oshiriladi.
1.25-rasm. To‘rtta
НЕ-И
ventilidan iborat kichik integral sxema.
Raqamli mantiqni qo‘llashda, ko‘p hollarda
bir nechta kirish va bir
nechta chiqishlarga ega bo‘lgan, chiqishdagi signallarining qiymatlari,
o‘sha paytdagi ularning kirishlariga berilgan signallarning qiymatlari
asosida aniqlanadigan sxemalardan foydalaniladi.
Bunday sxemalar
kombinator yoki kombinatsion sxemalar
deb ataladi. 1.4 paragrafda 1.22-
rasmda keltirilgan haqiqat jadvalini amalga oshiradigan sxema –
kombinator sxemaga misol bo‘la oladi.
Keyingi rasmlarda asosiy mantiqiy sxemalar hisoblangan –
kombinator va arifmetik sxemalarga misollar keltirilgan. Ushbu misollarni
keltirib o‘tishdan maqsad, ularni qanday qurilganliklarini ko‘rish bilan,
kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalar va umuman kompyuterning qay
darajada murakkab ekanligini tushuntirishdir.
Asosiy mantiqiy sxemalar -
qanday ventillardan iborat ekanligi va ularni soni qancha ekanligini, ushbu
ventillar tarkibida qanchadan tranzistorlar borligini tasavvur qilish bilan
zamonaviy kompyuter qay darajada murakkab tuzilishga ega ekanligini
tushunish mumkin.
45
1.31.-rasm. Taktli generator (
a
); taktli generatorning vaqt diagrammasi (
б
);
asinxron taktli impulslarni hosil qilish (
в
).