Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти




Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/66
Sana24.05.2024
Hajmi9,61 Mb.
#252597
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
Bog'liq
3.-Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.Kompyuterarxitekturasi 2017

Doimiy xotira qurilmalari
. Elektr manbai uzilganda ham 
ma’lumotlarni saqlay oladigan xotira – 
doimiy xotira qurilmasi (DXQ)
deb 
ataladi 
(ROM - Read-Only Memory
, rus tilida – постоянное 
запоминающее устройство - ПЗУ). Odatda doimiy xotira qurilmalaridagi 
axborotni o‘zgartirish yoki o‘chirib tashlash mumkin emas. Ammo hozirda 
DXQni ishlab chiqarish paytidagina emas, balki uni qo‘llashdan avval, 
ya’ni uni ishlatish paytida ham axborotni yozish mumkin bo‘lgan va 
axborotni o‘chirib yozish mumkin bo‘lgan doimiy xotira qurilmalari ham 
ishlab chiqilgan. Ular quyidagicha nomlanadilar: 

PROM (Programmable ROM)
– programmalanadigan doimiy xotira 
qurilmasi (rus tilida – программирумые ПЗУ).

EPROM (Erasable PROM)
– axborotni o‘chirish va qayta yozish 
mumkin bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus tilida – 
стираемое программируемое ПЗУ); 

EEPROM (Electronically EPROM)
- axborotni elektron tarzda 
o‘chirish va yozish mumkin bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira 
qurilmasi (rus tilida – электронно-перепрограммируемое ПЗУ); 
- flesh-xotira. 
 
 
 
2.3. Xotiraning ierarxik strukturasi. 
Magnitli disklar – vinchesterlar. IDE va SCSI disklar.
RAID massivlari 
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash muammosini hal qilishning 
ananaviy yo‘li, xotirani 
ierarxik ko‘rinishda
tashkil etish bilan amalga 
oshiriladi (2.16-rasm). 
Protsessorning ichki registrlari ierarxiyaning eng yuqori qismida 
joylashgan. Ularga murojaat qilish tezligi, boshqa xil xotiralarga nisbatan 
ancha yuqoridir. Keyingi qatorda hozirgi paytda xajmi 32 Kbaytdan bir 
necha megabaytgacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan kesh-xotira joylashgan. 
Ierarxiyaning uchinchi pog‘onasida, hajmi bir necha o‘n gigabaytlarga ega 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy xotira joylashgan. Keyingi qatorlarda 
magnitli disklar va lentalar, hamda optik disklar asosida yordamida 
ishlaydigan xotira qurilmalari joylashgan.


61 
2.16-rasm. Xotirani besh sathli ko‘rinishda tashkil etish. 
Ierarxiya bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, uchta ko‘rsatgichni 
o‘zgarib borishini ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan - xotiraga murojaat 
qilish vaqti kattalashib boradi. Registrlarda bu vaqt – bir necha 
nanasekundni, kesh-xotirada bundan salgina ko‘proqni, asosiy xotirada esa 
bir necha o‘n nanosekundlarni tashkil qiladi. Keyingi qatorlardagi farqlar 
yana ham kattalashadi – disklarga murojaat qilish vaqti kamida 10 mks 
larga, optik disklar va magnit lentalarda esa bundan ham katta qiymatlarga 
ega bo‘ladi, hamda sekundlarda o‘lchanadi. Ikkinchidan xotira xajmi o‘sib 
boradi, bu haqida yuqorida aytib o‘tildi. Uchinchidan ma’lum qiymatga 
(masalan - 1 dollarga) to‘g‘ri keladigan xotira hajmi ham, oshib boradi. 
Ushbu paragrafda biz asosan magnitli va optik disklarga taalluqli 
ma’lumotlar bilan tanishib chiqamiz. 
Magnitli disklar – vinchesterlar. Magnitli disk - alyuminiydan (yoki 
shishadan) tayyorlangan, magnit qavat bilan qoplangan bir yoki bir nechta 
doirasimon yuzalardan iborat bo‘ladi. Ushbu magnit disklarning 
diametrlari avvallari 50 sm bo‘lgan, hozirda ularning diametrlari 3 sm dan 
12 sm gacha qilib ishlab chiqarilmoqda. Noutbuk va netbuklardagi 
disklarning diametrlari esa 3 sm dan ham kamayib bormoqda. 2.17-rasmda 
magnitli disk 
yo‘lkasining 
konfiguratsiyasi keltirilgan. 
Yo‘lka
(rus tilida – дорожка) deganda, disk to‘liq bir marotaba 
aylanishi natijasida, unga yozilgan bitlar ketma-ketligi tushuniladi. Har bir 
yo‘lka ma’lum bir uzunlikdagi 
sektorlarga 
bo‘lingan. Odatda har bir sektor 


62 
512 bayt (4096 bit) hajmdagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Yo‘lkada 
ma’lumotlardan avval, yozish-o‘qish qurilmasini sinxronlash uchun 
mo‘ljallangan 
preambula
(preamble) joylashgan bo‘ladi. Ma’lumotlardan 
keyin esa, xatolarni to‘g‘irlash kodi ECC (Error-Correcting Code, rus tilida 
- код исправления ошибок) yozib qo‘yiladi. Bunday kodlar sifatida 
Xemming yoki Rid-Solomon kodlaridan foydalaniladi. Qo‘shni sektorlar 
orasida 
sektorlararo intervallar
joylashgan bo‘ladi. Ishlab chiqaruvilar 
disklarning hajmi sifatida formatlanmagan diskning o‘lchamini keltiradilar. 
Odatda formatlangan diskning o‘lchami, formatlanmagan diskning 
o‘lchamiga nisbatan 15 % ga kam bo‘ladi. Hozirgi disklarda 5000 dan 10 
000 tagacha yo‘lkalar bo‘lishi mumkin, ya’ni har bir yo‘lkaning kengligi 1 
mikrondan 2 mikrongacha bo‘lishi mumkin (1 mikron=1/1000 mm). 
Yo‘lkalarga yozilgan ma’lumotlarning zichliklari, yo‘lkaning markazdan 
qancha uzoqda joylashganiga qarab 50 000 dan 100 000 bit/sm gacha 
bo‘lishi mumkin. 
2.17-rasm. Disk yo‘lkasining bo‘lagi (rasmda ikkita sektor keltirilgan). 
Ko‘pgina 
vinchesterlar 
ustma-ust 
joylashgan 
bir 
nechta 
plastinkalardan iborat bo‘ladi. Plastinkalardagi markazdan bir xil uzoqlikda 
joylashgan yo‘lkalar – 
silindr
deb ataladi. Zamonaviy shaxsiy kompyuter 
modellarida 6 tadan 12 tagacha plastinkalardan iborat vinchesterlar 


63 
o‘rnatilgan. Disklarning aylanish tezliklari minutiga 5400, 7200 yoki 
10 800-taga etishi mumkin. Hozirgi disklarda bir yo‘lkada joylashgan 
ma’lumotlarni o‘qish tezligi 40 Mbayt/sek dan oshib ketdi. 
Hozirgi disklarda, avvalgi disklardan farqli ravishda silindrlar 
zonalarga
bo‘lingan. Bu narsa disklarning hajmini oshirish maqsadida 
amalga oshirilgan. Odatda ularning soni 10 tadan 20 tagacha bo‘lishi 
mumkin. Quyidagi 2.18-rasmda zonalari soni 5-taga teng bo‘lgan disk 
keltirilgan. 
Vinchesterni boshqarish – 
kontroller

Download 9,61 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти

Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish