53
tilida - разделенная кэш-память). Hozirgi kompyuterlarda ko‘proq
alohida ajratilgan kesh-xotiradan foydalanilmoqda [16,17,28].
2.6-rasm. Kesh-xotira joylashgan o‘rni.
Kesh-xotirani qo‘llashning – bir, ikki va uch sathli variantlari
mavjud. 2.7-rasmda uch sathli kesh-xotiraga ega bo‘lgan tizim keltirilgan.
Birinchi sath kesh-xotirasi (L1) markaziy protsessor ichida joylashgan
bo‘lib, u buyruqlar uchun (L1-I) va ma’lumotlar uchun (L1-D)
mo‘ljallangan odatda 16 dan 64 Kbayt gacha xajmga ega bo‘lgan alohida
ajratilgan kesh-xotiradan iboratdir. Protsessor
yonida u bilan bitta blokda
joylashgan ikkinchi sath kesh-xotirasi (L2) esa, 512 Kbayt dan 1 Mbayt
gacha xajmga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan, buyruqlar ham, ma’lumotlar
ham birgalikda saqlanadigan, birlashtirilgan kesh-xotiradan iborat bo‘ladi.
Uchinchi sath kesh-xotirasi protsessor joylashgan plataga o‘rnatilgan
bo‘lib, u bir necha megabayt xajmga ega bo‘lgan
statik tezkor xotira
qurilmasidan
(TXQ)
iborat bo‘ladi (rus tilida – статическое оперативное
запоминающее устройство - ОЗУ).
Statik TXQ dinamik TXQ dan ancha tez ishlaydi. Qoida bo‘yicha
birinchi sath kesh-xotirasidagi barcha ma’lumotlar, ikkinchi sath kesh-
xotirasida, ikkinchi sath kesh-xotirasining barcha ma’lumotlari esa,
uchinchi sath kesh-xotirasida ham yozilgan bo‘ladi. Kesh-xotiraning bir
necha xillari mavjud: to‘g‘ridan-to‘g‘ri akslantiriluvchi kesh-xotira (rus
tilida – кэш-память прямого отображения) va assotsativ kesh-xotira.