Xotira modullarini yig‘ish va ularning xillari
. Hozirda xotira
mikrosxemalari, odatda 8 ta yoki 16 tali guruxlarga birlashtirilib bitta
54
kichikroq plataga o‘rnatilgan xolda ishlab chiqarilmoqda va sotilmoqda
(2.8-rasm). Bunday platalar
xotira modullari
deb ataladi.
2.7-rasm. Uch sathi kesh-xotiraga ega tizim.
Xotira modullarining quyidagi xillari mavjud:
- SIMM (Single Inline Memory Module) – ulanish nuqtalari bir
tomonda joylashtirilgan xotira modullari (rus tilida - модуль памяти с
односторонним расположением выводов);
- DIMM (Dual Inline Memory Module - ulanish nuqtalari ikki
tomonda joylashtirilgan xotira modullari (rus tilida - модуль памяти с
двухсторонним расположением выводов).
SIMM platalarda bir tomonda joylashtirilgan ulanish nuqtalariga
(kontaktlarga) ega bo‘lib, bunday modullarda bir taktli siklda
ma’lumotlarni uzatish tezligi 32 bitni tashkil qiladi.
55
2.8-rasm. Xotira modullari.
DIMM platalari esa ikki tomonda joylashgan, har birida 84 tadan,
jami 168 ta ulanish nuqtasiga ega. Ushbu xildagi modullarda bir taktli
siklda ma’lumotlarni uzatish tezligi 64 bitni tashkil qiladi, ya’ni
avvalgisidan ikki barobar tezkorroq.
Avvalgi SIMM va DIMM modullari tarkibida, har biri 256 Mbit (32
Mbayt) xajmga ega 8 ta mikrosxema o‘rnatilgan bo‘lar edi. Bitta xotira
modulining umumiy xajmi 256 Mbayt ga teng bo‘lib, 1 Gbayt xotiraga ega
bo‘lish uchun to‘rtta ana shunday modulni asosiy plataga o‘rnatish kerak
bo‘lar edi. Keyinchalik esa hajmi ikki barobor katta bo‘lgan xotira
modullari ham ishlab chiqarila boshlandi.
Raqamli mantiqiy sathda xotiraning tuzilishi va uni tashkil
qiluvchi asosiy qismlari.
2.9 - 2.15 rasmlarda raqamli mantiqiy sathda
xotiraning qanday tuzilganligini va u qanday tashkil tashkil etuvchi asosiy
qismlardan iborat ekanligini ko‘rsatuvchi chizmalar keltirilgan. 2.9-rasmda
tasvirlangan sxema SR-ilgak (rus tilida – защелка) deb ataladi. U ikkita
kirishga ega: S (Setting – o‘rnatish) va R (Resetting – olib tashlash). Unda
doimo bir-biriga teskari qiymatlarni qabul qiluvchi ikkita chiqish signallari
mavjud Q va .
|