IP (Instruction Pointer) yoki
PC (Program Counter) deb nomlanuvchi registri, tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq
adresini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ushbu registr buyruqlar sanagichi
yoki buyruqlar ko‘rsatgichi deb nomlanadi. PC registrida yozilgan adres,
ya’ni navbatdagi bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqning adresi,
protsessorning adres shinasi yordamida asosiy xotira bilan bog‘lanuvchi
porti - adres registri orqali xotiraning, xotira adresi registriga uzatiladi.
Shundan so‘ng xotiraning ma’lumotlar registriga ushbu adres bo‘yicha
yozilgan ma’lumot chiqariladi. Bu ma’lumot, ma’lumotlar shinasi orqali
protsessorning registrlaridan biriga, masalan akkumulyatorga, ya’ni A
registriga kelib tushadi.
2.4-rasm. Asosiy xotiraga murojaat qilish jarayoni.
51
Zamonaviy kompyuterlarda asosiy xotiraga murojaat kilishning ikki
xil rejimi mavjud (2.5-rasm):
1.Real rejim – 1 Mbayt gacha bo‘lgan asosiy xotira uchun, bu rejim
kompyuter MS DOS operatsion tizimida ishlagan paytida qo‘llanilagan.
Hozirda bu, MS DOS operatsion tizimini emulyasiya qilishda ishlatiladi.
2.Himoyalangan rejim – xotira xajmi 1 Mbaytdan ko‘p bo‘lgan xolda,
ya’ni bu kompyuterlar Windows operatsion tizimida ishlay boshlagandan
buyon qo‘llanilgan rejim hisoblanadi.
2.5-rasm. Real va himoyalangan rejimlarda asosiy xotiraning tuzilishi.
Real rejimda xotiraga murojaat qilish
segmentlarga murojaat qilish orqali,
himoyalangan rejimda esa,
sahifalarga murojaat qilish orqali amalga
52
oshiriladi. Bitta segmentning xajmi – 64 Kbayt, sahifaning xajmi esa – 4
Kbaytga ega bo‘ladi.
2.2. Kesh xotira. Xotira modullarini yig‘ish va