68
Blu-Ray – ma’lumotlarni yozish uchun ko‘k
rangli lazer
qo‘llaniladigan DVD-disk. Bu xildagi disklarning bitta tomoniga 25
Gbaytgacha xajmdagi ma’lumotlarni yozish mumkin, ikki tomonli diskning
xajmi esa 50 Gbayt bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 4,5 Mbit/sek.
2-bob bo‘yicha nazorat savollari.
1.Kompyuterning asosiy xotirasi qanday tuzilgan va u nima uchun
mo‘ljallangan? Asosiy xotirada adreslash qanday amalga oshiriladi?
2.Baytlarni to‘g‘ri va teskari tartibda joylashtirish nima ekanligini
tushuntirib bering.
3.Asosiy xotiraga murojaat qilish qanday amalga oshiriladi?
Asosiy
xotiraga murojat qilishning qanday rejimlarini bilasiz, ularni mohiyatini
tushuntirib bering.
4.Pentium protsessorli kompyuterlar asosiy
xotirasining tuzilish
chizmasini keltiring va uni tuntirib bering.
5.SPARC oilasiga mansub protsessorli kompyuterlar asosiy xotirasining
tuzilish chizmasini keltiring va uni tuntirib bering.
6.Kesh-xotira nima uchun mo‘ljallangan, uning qanday xillari mavjud va
u qanday qo‘llaniladi?
7.Xotira modullarining qanday xillarini bilasiz va ular qanday yig‘ilgan
bo‘ladi?
8.Tezkor xotira qurilmalari qanday qurilgan va ularning qanday xillari
mavjud?
9.Dinamik tezkor xotira qurilmasi qanday tuzilgan va uning qanday
xillari bilasiz?
10.Doimiy tezkor xotira qurilmasining qanday xillari bilasiz?
11.Xotirani ierarxik ko‘rinishda tashkil etish
deganda nima tushuniladi
va u nima maqsadda amalga oshirilgan?
12.Magnitli disklarda – vinchesterlarda, yo‘lka, sektorlararo-interval,
silindir, zona degan atamalarga chizmalar asosida tushunchalar bering.
13.IDE va SCSI
deganda nimalar tushuniladi, ular nima uchun ishlab
chiqarilgan va ularning qanday xillarini bilasiz?
14.Kichik hisoblash tizimlarining interfeysi deganda qanday interfeys
tushuniladi?
69
15.Magnitli disklar asosida qurilgan ma’lumotlarni
tezkor kiritish-
chiqarish qurilmasi deganda qanday qurilma tushuniladi va u nima uchun
ishlatiladi?