O‘n olti razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi




Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/66
Sana24.05.2024
Hajmi9,61 Mb.
#252597
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
Bog'liq
3.-Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.Kompyuterarxitekturasi 2017

3.3. O‘n olti razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi
O‘n olti razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi va qanday 
ishlashini, 16-razryadli Intel 8088 protsessori misolida ko‘rib chiqamiz. 
Ushbu protsessorda ham Intel 8080 (K580BM80) protsessori kabi 
PC 
(Program Counter) – buyruqlar sanagichi 
registri yoki 
IP 
(Instruction 
Pointer)
– 
buyruqlar ko‘rsagichi
 
registri muhim registrlardan biri 
hisoblanadi (3.7-rasm)

Asosiy xotirada, dasturning buyruqlari yoziladigan qismi - 
kodlar 
yoziladigan segment 
deb ataladi. (rus tilida – кодовый сегмент). Kodlar 
yoziladigan segmentning maksimal hajmi, 64 Kbaytga teng. Intel 8088 
protsessori asosiy xotirasining maksimal hajmi 1 Mbaytga teng. Bu MS 
DOS operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan xotira edi. MS DOS operatsion 


86 
tizimining emulyasiyasi hozirgi kompyuterlarda ham amalga oshirilishi 
mumkin. 2.5-rasmda 1 Mbaytli xotiraning tuzilishi keltirilgan edi. Ushbu 
xotiraga murojaat kilish 64 Kbaytli 
segmentlarga
 
murojaat kilish orqali 
amalga oshiriladi. Asosiy xotiraga, uni segmentlarga bo‘lgan holda 
murojaat qilish 16-razryadli 1 Mbayt va undan ko‘proq xajmli asosiy 
xotiraga ega bo‘lgan kompyuterlardan boshlangan 
Kodlar yoziladigan segmentning boshlang‘ich adresi 1 Mbaytli xotira 
chegarasida
CS

kodlar yoziladigan segment registri
yordamida 
ko‘rsatiladi (3.7-rasm). Kodlar yoziladigan yangi segmentni faollashtirish 
uchun CS - registrining kiymatini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. 
3.8-rasmda Intel 8088 protsessori uchun assembler tilida yozilgan 
dasturning dastlabki matni va dasturni bajarilishi haqidagi axborotni 
ko‘rsatuvchi trasserning darchalari keltirilgan. Bu rasmda CS registri va 
uning qiymati 
в
) rasmning yuqoridagi chap darchasida keltirilgan. 
3.7-rasm. Intel 8088 protsessorining ichki registrlari. 


87 
Kodlar yoziladigan segment bilan bir qatorda, dasturni ishlashi 
davomida unga kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni o‘zida saqlash uchun 
mo‘ljallangan - 
ma’lumotlar segmenti
ham ishlatilishi mumkin (yoki 
ishlatilmasligi ham mumkin). Ma’lumotlar segmentining maksimal xajmi 
ham 64 Kbaytga teng bo‘lib, ushbu segmentning boshlang‘ich adresi 
DS -
ma’lumotlar segmenti
registri yordamida ko‘rsatiladi, ya’ni unga yozilgan 
bo‘ladi. DS - registriga yozilgan qiymatni o‘zgarish bilan xotiraning 
boshqa qismida joylashgan segmentga murojaat qilish mumkin bo‘ladi. 16-
razryadli CS va DS registrlar yordamida 1 Mbaytli asosiy xotira 
chegarasida ma’lumotlarni yozish (yoki o‘qish) amalga oshiriladi. Intel 
8088 protsessorining registrlari ham 16 razryadga ega. 
3.8-rasm. 8088 trasserining darchalari. 
Protsessorning qolgan registrlarida ma’lumotlar yoki asosiy xotirada 
yozilgan ma’lumotlar o‘rnini ko‘rsatuvchi axborotlar saqlanadi. Assembler 
dasturlari yordamida ushbu registrlarga to‘g‘ridan–to‘g‘ri murojaat qilish 


88 
mumkin. Protsessorlar tarkibida registrlar bilan birga, kompyuterni ishlashi 
uchun kerak bo‘ladigan boshqa apparat vositalar - yordamchi sxemalar, 
arifmetik-mantiqiy qurilmalar va boshqa shu kabi qurilmalar mavjud. 
Dasturchi ushbu apparat vositalarga buyruqlar yordamida murojaat qila 
olishi mumkin. 
Intel 8088 protsessorining ishlashi, boshqa hisoblash vositalari kabi 
buyruqlarni ma’lum bir ketma-ketlikda bajarish
bilan amalga oshiriladi. 
Alohida olingan buyruqning bajarilishi esa 
bir-nechta bosqichlardan
 
iborat 
bo‘ladi. Bu bosqichlarning to‘liq ketma-ketligi 
protsessor sikli
deb ataladi. 
Protsessor sikli quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
1.Buyruqlar sanagichi registri – PC yordamida asosiy xotiraning 
kodlar yozilgan segmentidan bajarilishi kerak buyruq tanlab olinadi. 
2.PC ning qiymati – 1-ga, 2-ga yoki 3-ga orttiriladi. 
3.Tanlab olingan buyruq dekodlanadi, ya’ni qanday buyruq ekanligi 
aniqlanadi. 
4.Buyruqni bajarish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar xotiradan va 
(yoki) registrlardan tanlab olinadi. 
5.Buyruq bajariladi. 
6.Buyruqni bajarilishi natijalari xotiraga va (yoki) registrlarga yozib 
qo‘yiladi (saqlanadi). 
7.Keyingi buyruqni bajarish jarayoni boshlanadi, ya’ni keyingi siklga 
o‘tiladi – 1-inchi qadamga qaytish bilan.
Assembler tilida dasturlar yozuvchi dasturchi nuqtai nazaridan Intel 
8088 protsessorida 14-ta ichki registrlar ko‘zda tutilgan hisoblanadi (3.7-
rasmga qaralsin). Ushbu registrlar ko‘p sonli buyruqlar tomonidan 
ishlatiladigan, o‘ta katta tezlikka ega xotira vazifasini bajaradi. Ularga 
yoziladigan (saqlanadigan) natijalarning qiymatlari juda katta tezlikda 
o‘zgarib turadi. 3.7-rasmda keltirilgan registrlar bilan 3.8-rasmda 
keltirilgan trasser darchalarida o‘xshashlikni yaqqol ko‘rish mumkin. 
Protsessorning registrlari bir-nechta guruhlarga bo‘linadi (3.9-rasm): 
1. Umumiy tayinlanadigan registrlar guruhi. 
2. Ko‘rsatgich registrlar guruhi. 
3. Segmentlarni ko‘rsatuvchi registrlar. 
4. Bayroqlar registri. 
5. Buyruq adresini ko‘rsatuvchi registr.


89 
3.9-rasm. Intel 8088 protsessori ichki registrlarining guruhlari 

Download 9,61 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘n olti razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi

Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish