93
Konveyer g‘oyasini amalga oshirishda ishlatilgan yondoshishlardan
yana biri bu – ko‘p sonli funksional bloklarga ega bo‘lgan bitta koveyerdan
foydalangan holda hisoblashlarni tashkil etish bo‘ldi (3.12-rasm).
3.12-rasm. Beshta funksional blokka ega superskalyar protsessor.
Ushbu yondoshish asosida qurilgan arxitektura –
superskalyar
arxitektura
deb ataldi. 3.12-rasmda beshta funksional blokka ega bo‘lgan
superskalyar protsessorning tuzilishi keltirilgan. Unda buyruqlarni bajarish
bloki bo‘lgan C4 bloki tarkibiga qo‘shimcha
funksional bloklar kiritish
amalga oshirilgan. Bunday arxitekturadan avval Pentium II,
keyinchalik
esa Pentium 4 protsessorini qurishda foydalanilgan.
O‘ttiz ikki razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi va qanday
ishlashiga oid muhim jihatlarini Pentium 4 protsessori misolida ko‘rib
chiqamiz. Pentium 4 protsessorining ichki registrlari 3.13-rasmda
keltirilgan.
Pentium 4
protsessor tarkibida ham, 16-razryadli Intel 8088
protsessori tarkibida bo‘lgan barcha registrlar guruhlari mavjuddir. Ushbu
registrlarning uzunliklari 16 va 32-razryadga ega. Pentium 4
protsessorining umumiy tayinlanadigan registrlari