Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти




Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/66
Sana24.05.2024
Hajmi9,61 Mb.
#252597
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66
Bog'liq
3.-Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.Kompyuterarxitekturasi 2017

L1-
ga ega. 
L2
- 1 Mbayt,
L3
esa - 2 
Mbayt hajmli kesh xotiralardan iboratdir. Ushbu xotiralar yordamida 
konveyerlar ishini tezlatish amalga oshiriladi. Pentium 4 protsessori 
ma’lumotlar traktining soddalashtirilgan ko‘rinishi 3.15-rasmda keltirilgan. 
Pentium 4 protsessori 42 000 000-ta tranzistorga ega, «qatorining 
kengli-gi» 0,18 mkm va taktli generatorining chastotasi esa 1,5 GGs-ga 
tengdir. 
«Qatorining kengligi» deganda tranzistorlar orasidagi 
o‘tkazgichlarning kengligi tushuniladi. Odam sochining diametri 20-100 
mkm-ni tashkil qiladi. 1 mkm = 10
-6 
metr yoki 1 mkm = 10
-3 
mm ga teng 
degani. Bunda 0,18 ≈ 0,2 =2*10
-4 
mm ga to‘g‘ri keladi.
3.16-rasm. Pentium 4 protsessori chiqish oyoqchalarining nomlanishlari. 


98 
Pentium 4 mikrosxemasi 
35
mm uzunlikka ega kvadrat shaklida 
ishlangan. Mikrosxema uning past qismida matritsa shaklida joylashgan 
478-
ta 
chiqish 
oyoqchalariga 
ega. 
Bu 
oyoqchalarning 
85-
tasi 
mikroprotsessorni kuchlanish bilan ta’minlash uchun, 
180-
tasi shovqinni 
kamaytirish uchun erga ulangan, 
198-
ta chiqish signallar uchun ishlatilgan, 
10-
ta chiqish esa zahira uchun qoldirilgan (3.16 va 3.17-rasmlar). 
3.17-rasm. Pentium 4 protsessorining mikrosxemasi. 
 
3.5. Zamonaviy kompyuterlarda o‘rnatilayotgan protsessorlar va 
ularning muhim jihatlari 
 
Intel Core i7 protsessori. 
Intel Core i7 protsessori birinchi shaxsiy 
kompyuter hisoblangan IBM PC kompyuterida ishlatilgan Intel 8088 
protsessorining avlodidir. Intel Core i7 protsessori, tarkibida bor-yo‘g‘i 29 
000-ta tranzistori bo‘lgan Intel 8088 protsessoridan anchagina farq 
qilishiga qaramasdan, unda Intel 8088 va undan keyin ishlab chiqarilgan 
Intel protsessorlari oilasiga mansub protsessorlar uchun yozilgan ikkilik 
dasturlarni bajarish mumkin. Avval ham ta’kidlab o‘tganimizdek ushbu 
protsessorlar arxitekturalari bir-biriga mos holda takomillashtirib kelingan, 
ya’ni ular o‘zaro bir-biriga mos tushadi, rus tilida bu «совместимость» 
deb ataladi.


99 
Intel Core i7 protsessorining dastlabki versiyasi 4-ta yadroli 
Nahalem
arxitekturasiga asoslangan edi [1, 16]. Ushbu protsessor tarkibida 
731 000 000-ta tranzistor bo‘lib, uning «qatorining kengligi» 45 
nanometrga va taktli generatorining chastotasi esa 3,2 GGs-ga teng edi. 
Odam sochining diametri 20 000-100 000 nanometrnini tashkil qiladi. 
Intel Core i7 protsessorining 2011 yili ishlab chiqarilgan yangi 
versiyasi 

Download 9,61 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66




Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти

Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish