94
EDX
lar - 8, 16 va 32-razryadli registrlar sifatida
ham ishlatilishi mumkin
[2].
ESI, EDI, EBP
va
ESP
lar – barchasi 32-razryadli ko‘rsatgich
registrlari to‘plamidir.
CS, SS, DS, ES, FS
va
GS
lar – barchasi 16-
razryadli segment registrlari to‘plami.
EIP
– 32-razryadli buyruqlar
ko‘rsatgichi registri.
EFLAGS
- 32-razryadli bayroqlar registridir.
3.13-rasm. Pentium 4 protsessorining ichki registrlari.
Pentium 4 protsessori
mikroarxitektura sathida, undan oldin ishlab
chiqarilgan protsessorlardan anchagina farq qiladi. Pentium II, Pentium Pro
va Pentium III protsessorlari
P6
mikroarxitekturasi asosida qurilgan bo‘lib
ular bir-biridan asosan unumdorligi
va qator ikkinchi darajali
ko‘rsatgichlari bilan farqlanganlar. Pentium 4 protsessori
NetBurst
deb
atalgan
va
P6
mikroarxitekturasidan
keskin
farq
qiladigan
mikroarxitekturaga ega (3.14-rasm).
95
3.14-rasm. Pentium 4 protsessorining mikroarxitekturasi - NetBurst.
NetBurst mikroarxitekturasi ko‘proq bosqichli
konveyerga va ikkita
arifmetik-mantiqiy qurilmaga ega bo‘lib,
giperoqimli texnologiyani
amalga
oshira oladi. Giperoqimli texnologiya deganda - ikkita registrlar to‘plamiga
va qator boshqa resurslar to‘plamiga ega bo‘lgan qurilma tushuniladi. Bu
texnologiya Pentium 4 protsessorida, ikkita
dastur orasida biridan
boshqasiga o‘tishni juda yuqori tezlikda ta’minlab beradi, ya’ni bunda bitta
emas balki bir vaqtda ikkita protsessor ishlayotgandek bo‘lib tuyuladi.
Pentium 4 protsessori bitta sikl davomida bir nechta buyruqlarni bajarish
imkoniyatiga ega, shuning uchun u
superskalyar protsessor
deb ataladi.
97
Pentium 4 protsessorida uning modeliga qarab ikki yoki uch sathli
kesh xotiralardan foydalanilgan. Barcha modellar 8
Kbayt hajmli SRAM
turidagi birinchi sath kesh xotirasi