101
UltraSPARC III protsessori
. UltraSPARC III protsessori Sun
firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan serverlar va ishchi stansiyalarda
o‘rnatilgan 64-razryadli UltraSPARC protsessorlari oilasiga mansub
protsessor hisoblanadi. Ushbu oila tarkibiga
Version 9 SPARC
arxitekturasi
asosida ishlab chiqarilgan - UltraSPARC I, UltraSPARC II va UltraSPARC
III protsessorlari kiradi [2]. Bu protsessorlar barchasining so‘z uzunligi 64-
razryadga tengdir.
SPARC
(Scalable Processor ARCitecture
–
наращиваемая архитектура процессора) – kengaytirilishi yoki
qo‘shimcha protsessorlar ulanishi mumkin bo‘lgan protsessor
arxitekturasi
.
UltraSPARC III protsessori o‘zidan avval ishlab chiqarilgan 32-
razryadli SPARC V8 protsessori bilan mos tushadi. UltraSPARC III
protsessori
VIS 2.0
buyruqlar to‘plami bilan ishlay oladi. VIS 2.0
buyruqlar to‘plami yordamida – uch o‘lchamli grafik ilovalarni ishlab
chiqish, MPEG formatini real vaqt masshtabida dekodlash, ma’lumotlar
hajmini qisqartirish, Java-dasturlarini bajarish va kompyuter tarmoqlarida
ma’lumotlarni uzatish jarayonlarini amalga oshirish mumkin.
VIS
(Visual
Instruction Set - набор команд для работы с визуальными данными) –
vizual ma’lumotlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan buyruqlar to‘plami.
UltraSPARC III protsessorning birinchi modeli 600 MGs chastotaga
ega edi, uning qatorining kengligi 0,18 mkm-ga teng bo‘lib, tarkibida
29 000 000- ta tranzistor bor edi. Keyingi modellarda chastota 1,2 GGs-ga,
qatorining kengligi esa 0,13 mkm-ga ega bo‘lgan. UltraSPARC III
mikrosxemasi