• Atmel ATmega168 mikrokontrolleri.
  • Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти




    Download 9,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/66
    Sana24.05.2024
    Hajmi9,61 Mb.
    #252597
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
    Bog'liq
    3.-Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.Kompyuterarxitekturasi 2017

    OMAP4430 protsessori
    . Texas Instruments (TI) firmasi tomonidan 
    ishlab chiqarilgan OMAP4430 protsessori - 
    bitta kristallga joylashtirilgan 
    tizim

    System-on-a-chip 
    (SoC) 
    hisoblanadi. U ARM (Advanced RISC 
    machine) buyruqlar to‘plamini amalga oshira oladi. OMAP4430 
    protsessori asosan – mobil va o‘rnatilgan tizimlarda, hamda smartfonlarda 
    va planshetli kompyuterlarda ishlatilmoqda [1,16,32].
    Bitta kristalli tizim hisoblangan OMAP4430 protsessori 2011 yili 
    ishlab chiqarilgan bo‘lib, u 1 GGs chastotada ishlovchi ikkita ARM A9 
    yadrosidan tashkil topgan. «qatorining kengligi» esa 45 nanometrga teng. 
    OMAP4430 tizimi tarkibida yana, hisoblash jarayonlarini tezlashtiruvchi 
    uchta protsessorlar mavjud: 
    1.POWERVR SGX540 - grafik protsessor; 
    2.ISP (Image signal processor) - tasvirlarni ishlovchi protsessor;
    3.IVA3.SGX540 – multimediali tezlashtiruvchi protsessor. 
    Ushbu tizim tarkibida, turli xil tashqi qurilmalarni ulash uchun 
    mo‘ljallangan ko‘p sonli turli xildagi interfeyslar mavjud. Ular yordamida 
    sensorli ekranlarni, klaviatura kontrollerini, dinamik va flesh xotirani ulash 
    amalga oshiriladi. OMAP4430 protsessorining muhim xususiyatlaridan biri 
    shundan iboratki, u juda ham kam miqdorda energiya sarflab, katta-katta 
    hajmdagi hisoblashlarni bajara oladi. Bu xususiyat batareykalardan 
    foydalanadigan mobil qurilmalar uchun juda ham qo‘l keladi.
    OMAP4430 mikrosxemasi
     
    chiqishlar soni 
    547-
    taga teng bo‘lgan 
    BGA 
    (Ball grid array)
     
    korpusiga joylashtirilgan. Mikrosxemaning 
    chiqishlari uning pastki qismida joylashgan 28*26 o‘lchamli 3.21-rasmda 
    keltirilgan ko‘rinishdagi kvadrat matritsa shakliga ega. 
    Atmel ATmega168 mikrokontrolleri. 
    Atmel ATmega168 – hozirgi 
    paytda ko‘plab ishlab chiqarilayotgan turli xildagi elektron qurilmalarni 
    boshqarishda qo‘llanilayotgan mikrokontrollerdir. Bunday qurilmalarga 
    misol qilib – televizorlar, uyali telefonlar, mikroto‘lqinli pechlar, kir yuvish 
    mashinalari, videokameralar, lazerli printerlar, elekron kotiblar, qo‘riqlash 
    tizimlari qurilmalari, elektron o‘yinlar uchun ishlab chiqilgan qurilmalar 
    kabi qurilmalarni keltirish mumkin [1,16,21]. 


    104 
    3.21-rasm. OMAP4430 protsessorining mikrosxemasi. 
    ATmega168 mikrokontrollerining ichki arxitekturasi va mantiqiy 
    tuzilishi 3.22-rasmda keltirilgan. Uning tarkibida 16 Kbaytli ichki flesh 
    xotira, 1 Kbaytli ichki statik xotira va 1 Kbaytli EEPROM doimiy xotira 
    qurilmalari mavjud. 
    Flesh xotira - dasturning buyruqlarini, statik xotira - vaqtincha kerak 
    bo‘ladigan o‘zgaruvchi ma’lumotlarni va doimiy xotira EEPROM esa - 
    tizim konfiguratsiyasi haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi. 
    ATmega168 protsessori 8-razryadli ma’lumotlar bilan ishlaydi, uning 
    ichki registrlarining uzunligi 8-bitni tashkil qiladi. Protsessor har biri 16-bit 
    uzunlikka ega bo‘lgan 
    131
    -ta AVR buyruqlar to‘plamidan foydalanadi. 
    Protsessor tarkibida – real vaqt soati, ma’lumotlarni ketma-ket kiritish va 
    chiqarish uchun mo‘ljallangan turli xil interfeyslar ham mavjud. 
    ATmega168 mikrokontrollerining keng qo‘llanilishiga birinchi sabab 
    – uning narxi juda ham arzon ekanligidir. ATmega168 ko‘pgina qurilmalar 
    oson va arzon ulashnishi mumkin bo‘lgan – mikrosxemadir. Uning fizik 
    tuzilishi 3.23-rasmda keltirilgan. Ushbu mikrokontroller 28-ta chiqish 
    oyoqchalariga ega standart korpusga joylashtirilgan.
    Avval ko‘rib o‘tilgan mikrosxemalardan farqi ravishda, ATmega168 
    mikrosxemasida adreslar va ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan 
    oyoqchalar mavjud emas. Negaki bu mikrosxema asosiy xotiraga ulanishi 
    shart emas. Uning barcha xotirasi – statik va flesh xotiralar protsessorning 
    ichiga joylashtirilgan. 


    105 
     
    3.22-rasm. Atmel ATmega168 mikrokontrollerining ichki 
    arxitekturasi va mantiqiy tuzilishi. 


    106 
    ATmega168 mikrosxemasida adreslar va ma’lumotlarni uzatuvchi 
    oyoqchalar o‘rniga, ma’lumotlarni raqamli va analog ko‘rinishda kiritish-
    chiqarish uchun mo‘ljallangan 27-ta portlar mavjud:

    Download 9,61 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




    Download 9,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти

    Download 9,61 Mb.
    Pdf ko'rish