Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти




Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/66
Sana24.05.2024
Hajmi9,61 Mb.
#252597
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66
Bog'liq
3.-Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.Kompyuterarxitekturasi 2017

 
chiqishlar soni 
1368
-taga teng bo‘lgan
LGA 
(Land Grid 
Array)
korpusiga joylashtirilgan (3.20-rasm). Mikrosxemaning chiqishlari 
uning pastki qismida joylashgan 37*37 (jami 1369) o‘lchamli kvadrat 
matritsa shakliga ega. Mikrosxemani o‘rnatish paytida adashmaslik uchun, 
uning chap tomonida pastda joylashgan bitta oyoqchasi olib tashlangan 
xolatda ishlab chiqarilgan.
1,5 GGs chastotada ishlovchi Pentium 4 va 1,2 GGs chastotada 
ishlovchi UltraSPARC III protsessorlarini taktli chastotalari bo‘yicha 
solishtirish to‘g‘ri bo‘lmaydi. UltraSPARC III protsessori har bir sikl 
davomida – to‘rtadan buyruqni bajarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu esa 
uning tezligi bitta siklda bitta buyruqni bajara oladigan 4,8 GGs taktli 
chastotaga ega protsessor tezligiga teng deganidir. Bundan tashqari 
UltraSPARC III turli xil buyruqlarni bajaruvchi 
oltita konveyerga
ega. 


102 
Ushbu konveyerlarning ikkitasi 14 sathli konveyerlar bo‘lib, ular 
yordamida butun sonlar ustida amallar bajarilishi mumkin. Keyingi ikkita 
konveyer yordamida esa suriluvchi nuqtali sonlar ustida amallar bajariladi. 
Beshinchi koveyer yuklash/saqlash amallarini va oltinchi konveyer esa 
kelayotgan buyruqlarni qanday buyruqlar ekanligini aniqlab berish amallari 
bajarish uchun ishlatiladi. UltraSPARC III protsessorida unumdorlikni 
oshirish imkonini beruvchi o‘ziga xos - 
keshlash texnologiyasi
ham amalga 
oshirilgan. Bu erda shuni ta’kidlab o‘tish kerak bo‘ladi - Pentium 4 
protsessori ham o‘zining ustun tamonlariga egadir. Turli xil maqsadlar 
uchun mo‘ljallangan turli xil protsessorlarni, taktli chastotalari asosida 
solishtirish – ularda bajariladigan ma’lum bir masalalarni echish qanday 
yo‘lga qo‘yilganligi haqida aniq natijalarni bermaydi. 
3.20-rasm. UltraSPARC III protsessorining mikrosxemasi. 
UltraSPARC III protsessori ikkita blokka joylashtirilgan birinchi sath 
kesh xotirasiga ega. Bu kesh xotira buyruqlar uchun mo‘ljallangan 32 
Kbaytli va ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan 64 Kbaytli bloklardan tashkil 
topgan. Ushbu protsessorda, har biri 2 Kbayt hajmga ega bo‘lgan – 
avvaldan tanlash va yozib qo‘yish kesh xotiralari ham bor.
Yozib qo‘yish kesh xotirasi birinchi sath kesh xotirasidagi 
ma’lumotlarni, katta-katta xajmdagi bloklar ko‘rinishida ikkinchi sath kesh 
xotirasiga uzatib beradi. Bu - protsessor va kesh xotiralar o‘rtasidagi 
o‘tkazish qobiliyatini optimallashtirish uchun amalga oshirilgan. 
UltraSPARC III protsessori ikkinchi sath kesh xotirasining hajmi, 
Pentium 4 protsessori kesh xotirasiga nisbatan ancha katta, va unda bu kesh 


103 
xotiraning hajmini o‘zgartirish imkoniyati ham bor. Ushbu protsessorning 
ikkinchi sath kesh xotirasi 1 Mbaytdan 8 Mbaytgacha o‘zgartirilishi 
mumkin. Pentium 4 protsessorida ikkinchi sath kesh xotirasining hajmi 
o‘zgarmas bo‘lib, u 512 Kbaytga tengdir.

Download 9,61 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66




Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти

Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish