85
doim – bajarilishi kerak bo‘lgan amal kodidan iborat bo‘ladi. Uch
baytli buyruqning ikkinchi va uchinchi baytlariga ma’lumotlar (adres)
yozilgan bo‘ladi. Bunda ma’lumotlarning (adresning) kichik bayti,
buyruqning ikkinchi baytga, ma’lumotlarning katta bayti esa
buyruqning uchinchi baytiga yoziladi.
Protsessorda xotira yoki registrlarni adreslashning
to‘rtta xili
mavjud:
1.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslash
– buruqning ikkinchi va uchinchi
baytlari xotira adresidan iborat bo‘ladi. Bunda adresning kichik bayti
buyruqning ikkinchi baytiga, katta bayti esa buyruqning uchinchi
baytiga yozilgan bo‘ladi.
2.
Murojaat qilinadigan registrni ko‘rsatib adreslash
. Buyruqning
o‘zida ma’lumot yozilgan registrning yoki bir juft registrlarning
adreslari yozilgan bo‘ladi.
3.
Registrlar yordamida bilvosita adreslash
. Buyruqda, xotira
adresi yoki ma’lumotlar yozilgan bir juft registr ko‘rsatiladi.
4.
Bevosita adreslash
. Ma’lumot buyruqning o‘ziga yozilgan
bo‘ladi.
Uzilishlar, shartli yoki shartsiz o‘tish buyruqlari bo‘lmagan
taqdirda, protsessor buyruqlarni – xotiraning ketma-ket joylashgan
yacheykalaridan o‘qib olish bilan dasturni bajarishni yo‘lga qo‘yadi.