78
oyoqchalari - adres shinasiga va 12‚19; 21‚24 raqamli oyoqchalari esa -
boshqarish shinasiga tegishlidir.
3.3-rasm. K580ВM80 protsessorining chizmalardagi ko‘rinishi.
K580ВM80 protsessorining ichki tuzilishi 3.4-rasmda keltirilgan.
Protsessorni tashkil etuvchi qismlarini tartib bilan batafsil ko‘rib chiqamiz.
Tushuntirishlarni Intel protsessorlari oilasiga mansub, so‘z uzunliklari mos
holda 16 va 32 razryadga teng bo‘lgan Intel 8088 va Pentium 4
protsessorlarining tuzilishlarini
hisobga olgan holda, hamda ularning
barchasini o‘zaro taqqoslashlar asosida amalga oshiramiz.
K580ВM80 protsessori ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan 8-
razryadli ichki ma’lumotlar shinasiga ega. Protsessorda, tashqi shina bilan
ma’lumot almashinish, oraliq registrlar (
Buffer Register
-
BR
)
yordamida
amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni va adreslarni vaqtincha saqlash uchun
79
mo‘ljallangan, hamda ularni ikki tomonga uzatib bera oladigan oraliq
registrlarining chiqishlari uchta holatdan birida bo‘lishi mumkin. Bular
kuchlanishning yuqori (1) va pastki (0)
sathlari, hamda kirish qarshiligi
yuqori bo‘lgan holat. Uchinchi holatda protsessorni tashqi shinadan uzib
quyish mumkin bo‘ladi.
Bunda tashqi qurilmalarni tezkor xotira bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ulanish (
Direct Memory Access
-
DMA
) amalga oshiriladi. Protsessorning
16-razryadli adres shinasi yordamida 64 Kbayt hajmga ega bo‘lgan tezkor
xotirani bevosita adreslash amalga oshiriladi. Quyida keltirilgan УМПК-80
stendining vositalarini ko‘rsatuvchi 3.5-rasmda ham, yuqorida aytib
o‘tilgan shinalarni ko‘rish mumkin.
3.4-rasm. K580ВM80 protsessorining ichki tuzilish chizmasi.
Protsessorning ichki xotirasi sakkizta 8-razryadli - W2, W3, B, C, D,
E, H, L va uchta 16-razryadli –
buyruqlar sanagichi