Bog'liq 3.-Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.Kompyuterarxitekturasi 2017
И, ИЛИ, НЕ funksiyalarini (elementlarini),
НЕ-И va
НЕ-ИЛИ bazislari
asosida amalga oshirib olish kerak bo‘ladi. Bu quyidagicha bajariladi
(1.23-rasm):
1.23-rasm. Bul algebrasining asosiy mantiqiy funksiyalarini
НЕ-И va
НЕ-ИЛИ bazislari yordamida amalga oshirish.
40
1.5. Asosiy raqamli mantiqiy sxemalar. Avvalgi bo‘limda ventillardan qanday qilib oddiy mantiqiy
sxemalarni qurish mumkinligini ko‘rib chiqdik. Hozirgi paytda amaliyotda
mantiqiy sxemalarni qurishda alohida-alohida ventillarni birlashtirgan
modullardan iborat standart «qurilish» bloklaridan foydalaniladi. Ushbu
qismda biz ana shunday standart bloklarni, ularni alohida-alohida ventillar
yordamida qanday hosil qilishni va qanday qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz.
Bunday qurilish bloklarining, ya’ni
asosiy raqamli mantiqiy sxemalarning - kombinator va arifmetik sxemalar deb nomlanadigan xillari mavjud.
1.Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar:
- multipleksorlar;
- dekoderlar;
- komparatorlar;
- dasturlanadigan mantiqiy matritsalar.
2.Arifmetik sxemalar:
- siljitish sxemalari;
- jamlagichlar;
- arifmetik-mantiqiy qurilmalar.
Asosiy mantiqiy sxemalar –
integral sxemalar yoki
mikrosxemalar degan umumiy nom bilan ham ataladilar. Integral sxema o‘lchamlari
tahminan 5x5 mm (2x2 mm) ega kvadrat shaklidagi
kremniy bo‘lagidan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘laklarga kamida 1 tadan 10 tagacha ventillar
joylashtirilishi mumkin bo‘ladi va ular kichik integral sxemalar deb ataladi
[5,7,8].
Kichik integral sxemalar odatda kengligi 5-15 mm, uzunligi esa 20-
50 mm ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli plastik yoki keramik korpuslarga
joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday mikrosxemalarning uzun tomonlarida,
orasidagi masofa 2 mm (1 mm) ga yaqin qilib ishlangan chiqish
oyoqchalariga ega bo‘ladi. Ushbu oyoqchalar yordamida integral sxema
raz’yomga yoki bosma plataga o‘rnatiladi. Har bir chiqish oyoqchalari
qaysidir ventilning kirishi yoki chiqishiga, ta’minot manbaiga yoki «erga»
ulangan bo‘ladi. Tashqi qismida ikki qatorli chiqish oyoqchalariga ega
bo‘lgan integral sxemalar rasmiy tarzda chiqishlari
ikki qator qilib joylashtirilgan korpus (Dual Inline Package, DIP) yoki mikrosxema deb
ataladi. Ko‘pincha korpuslar 14, 16, 18, 22, 24, 28, 40, 64 yoki 68 ta
41
chiqishlarga ega bo‘ladi. Katta mikrosxemalar uchun esa chiqishlari
to‘rttala tomonida yoki tagida joylashgan korpuslardan foydalaniladi (1.24-
rasm).
1.24-rasm. Integral sxemalarning korpuslari.