-rasm. Le- Shatele hajmo’lchagichi 1-hajmo’lchagich; 2-suvli idish; 3-termometr




Download 1.23 Mb.
bet10/14
Sana10.04.2017
Hajmi1.23 Mb.
#3956
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4.2-rasm. Le- Shatele hajmo’lchagichi 1-hajmo’lchagich; 2-suvli idish; 3-termometr
Bu asbob bo’yni ingichka va hajmi 120-150 sm3 bo’lgan shisha qo’lbadan iborat: Qo’lba bo’ynining o’rta qismi yo’g’onlashtirilgan, shu dumaloq qismdan yuqoriga va pastki ikki chiziq tortilgan, qo’lbaning mazkur chiziqlari orasidagihajmi 20 sm3 tashkil etadi. Uning bo’yni chiziqlar yordamida darajalarga bo’lingan, har bo’limning qiymati 0.1 sm3 hajmo’lchagichga uning no’l chizig’iga yetkazib suvsizlantirilgan kerasin quyildi. So’ngra hajm o’lchamining suvdan (no’l chiziqdan) yuqorigi qismi fitr qog’oz bilan artildi. Keyin hajmo’lchagich suv betiga ko’tarilmasligi uchun kolba bo’ynining darajalarga bo’lingan qismi suvga botib turadigan qilib mahkamlab qo’ydik.

Maxsulotni havoda va pishirishdagi hajm kamayishi namunalar asosida aniqlandi. Plastic usulda tayyorlangan massa o’lchamlari olinib ochiq havoda quritildi. Namlikning yo’qotilishi hisobiga massaning hajmi kirmaydi va buni havoda quritilganda kirishi deb yuritiladi.

Pishirishdagi massaning kamayishi ham namunani o’lchamlarini aniqlab so’ngra pishirishga qo’yildi. Pishirishdan keyin massaning o’lchamlari qaytadan olindi va yo’qotilish hisoblanadi.

Yuqori haroratlarda suv organik birikmalar va gaz fazasiga o’tib ketadigan moddalar hisobiga pishirish davrida massada hajmning kamayish yuz berdi. Namlikni yo’qotilishi tajriba natijalari asosida quyidagi formuladan aniqlandi.

ƳB =[(Lo- L1)/ Lo]*100%

Bu yerda, Lo – plastic shakldagi namuna uzunligi, mm; L1 –namunaning kiritishdan keying uzunligi, mm ;

Namunani havoda kiritilgandan keyin labarotoriya sharoitidagi mufel pechida 1050 o C da ikki soat pishirildi. Bu tajriba kamida 5 marta takrorlandi va natijalar asosida o’rtacha qiymat belgilab olindi.

Maxsulatning suv shimuvchanligini aniqlash uchun uchta yarimtali g’isht harorati 15-20o li suv to’ldirilgan, idishga 48 soat yoki qaynab turgan suvga 4 soat solib qo’yib suv to’yintirildi. Keyin ular 105-110o C issiqlikda to massasi o’zgarmaydigan bo’lgunga qadar qurtitildi. So’ngra tarozida ketma-ket ikki marta o’lchandi. 1-aniqlangan massa bilan 2-aniqlangan massa orasidagi farq 0.2 dan katta bo’lmasa uni barqaror massa deyish mumkin. G’ishtlarni obdon sovutgandan keyin taroziga tortildi. Quritilgan g’ishtlar birinchi marta tortilib oradan kamida 3 soat o’tgach, ular ikkinchi marta tortib ko’rildi.

G’ishtlarni suvga to’yintirish quyidagi tartibda olib borildi. G’ishtlar harorati 15-20o C li suv quyilgan idishga solinib qo’yildi, suvning satxi g’ishtning ustki yuzasidan hisoblanadi, uni 2-10sm baland qilib joylashtirildi. G’ishtlar 48 soatdan keyin suvdan olindi, xo’l latta bilan artildi va darhol taroziga tortildi. G’ishtdan tarozi pallasiga oqib turgan suvning massasi ham g’ishtning massasiga qo’shildi.

Namuna g’ishtning suv shimuvchanligi CM (%) quyidagi formula bo’yicha aniqlandi.

CM =(m1-m)*100/m

Bu yerda, m1- suvga tushgan g’ishtning massasi, g; m- massasi barqarorlashguncha quritilgan g’isht massasi , g ;

Tadqiqot ishidan olingan natijalar ГОСТ 530-95 talablariga solishtirildi va mos kelishi aniqlandi.

Viloyatimizda qurilish g’ishti ishlab chiqarishda asosan qumli tuproq mineralidan foydalaniladi.

Bu tur xom ashyo asosan quyidagicha tariflanadi.


  • Xom-ashyo tarkibida SiO2 ning miqdori g’isht ishlab chiqarishda belgilangan meyorlarga nisbatan yuqori bo’lib 22,00-69.82 %;

  • Al2O3 ning miqdori kam bo’lib 7.35-16.39 %

  • CaO ning miqdori yuqori-2.00-28.10% larni tashkil qiladi.

Qumli soztuproq och qo’ng’ir rangda bo’lib yuqori tuzilishga ega bo’lgan mineral modda 10 % li xlorid kislota bilan o’zaro tasirlashganda ko’piradi, bu esa uning tarkibida korbanatli tuzlar mavjudligidan dalolat beradi. Uning glanumetrik tarkibi quyidagicha:

4.1 jadval.

Qumli soztuproqning granulametrik tarkibi

Mayda dispers zarrachalarning o’lchami,mm

Hom ashyo tarkibidagi ulishi,%

1,0-0.063

1.59

0.063-0.01

43.88

0.01-0.005

16.23

0.005-0.001

18.96

0.001 dan kichik

19.34

Jami:

100

Qumli soz tuproq minerali kam plastikli, nordon va rang beruvchi gellarga mansub ekanligi aniqlandi.

4.2-jadval.

Qumli soz tuproqning kimyoviy tarkibi



qumli

Tarkibi,%

soztuproq



SiO2

Al2O3

TiO2

Fe2O3

CaO

MgO

SO3

Na2O

K2O

CO2

H2O

k.k.m

1

50.75

10.92

0.56

4.58

12.52

3.07

0.49

1.43

2.33

9.22

0.91

2.67

2

59.20

11.22

0.45

5.67

11.52

4.07

1.62

1.02

1.88

8.70

0.6-1.6

2.80

3

61.3

15.6

0.39

6.96

12.6

2.34

0.30

0.52

1.87

7.67

0.3-0.9

2.12

Keramik g’ishtni ishlab chiqarish jarayonida hamda uni transportirofka qilish va ishlatish jarayonida 15% gacha g’ishtlar sinib yaroqsiz holga kelib qoladi. G’isht sinig’ini maydalagichdan o’tkazib massa tarkibiga 10-30 % atrofida qo’shish mumkin. G’isht sinig’ini kimyoviy tarkibini quyidagi jadvaldan keltirilgan.


4.3-jadval

G’isht sinig’ining kimyoviy tarkibi



Namunalar soni

Asosiy oksidlar miqdori massa %



SiO2

Al2O3

TiO2

Fe2O3

CaO

MgO

Na2O

K2O

Ʃ

1

60.25

13.60

0.40

6.17

13.02

3.27

1.12

2.07

100

2

60.35

13.70

0.43

6.14

13.00

3.29

1.01

2.18

100

3

60.30

13.65

0.64

5.93

13.13

3.32

1.02

2.11

100

Energiyaning sarfini tejash maqsadida massa tarkibiga 1-5% miqdorida “Xorazm shakar” hissadorlik jamiyatida saturatsion gaz olishda ishlatiladigan koksning kukun qismi (chiqindi) ni qo’shdik. “Keramik g’isht massasi- koks kukuni ” tizimida olingan g’ishtlarning xossalari o’rganildi.




Download 1.23 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 1.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Le- Shatele hajmo’lchagichi 1-hajmo’lchagich; 2-suvli idish; 3-termometr

Download 1.23 Mb.