• IV.Tajriba – tadqiqotlar qismi 4.1 Tajriba o’tkazish uchun uslub tanlash va uni asoslash
  • 4.1-rasm. G’ishtning egilishga mustaqillik darajasini aniqlash.
  • 4.2-rasm. Le- Shatele hajmo’lchagichi 1-hajmo’lchagich; 2-suvli idish; 3-termometr
  • 4.2. Tajriba o’tkazish tafsifi
  • Labarotoriya sharoitida komponentlarga ishlab berish quyidagi tartibda amalgam oshiriladi
  • III. ISHNING QISQACHA MAZMUNI MAQSAD VA VAZIFALAR




    Download 1,23 Mb.
    bet3/14
    Sana10.04.2017
    Hajmi1,23 Mb.
    #3956
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

    III. ISHNING QISQACHA MAZMUNI MAQSAD VA VAZIFALAR

    3.1. Ishning qisqacha mazmuni maqsad va vazifalari
    Mamlakatimizda bo’layotgan iqtisodiy o’zgarishlar davrida mineral hom ashyolar asosida energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy qilib sifat korsatkichlari yuqori nisbatan arzon mahsulotlarni xududlarda ishlab chiqarishni tashkil qilish dolzarb masalalardan biri xisoblanadi. Respublikamizda yuqori suratli qurilish ashyolari ishlab chiqarishni yolga qoyish maqsadida bir qancha qaror va dasturlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etilmoqda.

    Shu orinda qadimiy yodgorliklari qayta tamirlash ularning chiroyli badiiy bezaklarini uzoq muddatga hizmat qilish ucun qatiy choralar ko’rilmoqda. Bu borada davlat dasturi asosida qadimiy yodgorliklarni qayta tamirlash uchun fizik mexanik xossalari yuqori bolgan keramik g’isht olish uchun bir qator ilmiy izlanishlarni olib borilmoqda

    Ekologik vaziyati qiyin tuproqning shorlanish darajasi yuqori bolgan xududlarda ishlab chiqarilayotgan keramik g’isht tashqi tasirlarga chidamsizlagi tufayli o’z xizmat muddatidan oldin yaroqsiz holga kelib qolmoqda . Bunday sharoitda mexanik mustaxkamlik chegarasi yuqori va kimyoviy jihatdan turg’un bo’lgan keramik g’ishtlardan foydalanish tafsiya qilinadi Shunday materiallardan biri klinker g’isht hisoblanadi Ananaviy usulda klinker g’isht ishlab chiqarish sifati yuqori bo’lgan qovushqoq u yuqori bog’lovchilik hossalariga ega bolgan pishish intervali katta bolgan 80-1000C dan kam bo’lmagan tuproqlar ishlatiladi. Ammo bu tur xom ashyo respublikamizda taqchil zahirasi faqat ayrim xududlardagina mavjud Keyingi yillarda chet el ilmiy tehnik manbalarda klinker g’isht ishlab chiqarishda qumli soztuproq asosidagi kompozitsiyalardan foydalanish mumkinligi to’g’risidagi malumotlar elon qilinib borilmoqda Qumli soztuproq zahirasi esa Respublikamizda yetarli darajada bo’lib deyarli barcha hududlarda uchraydi Respublikamizda qadimiy yodgorliklarni tamirlash uchun fizik-mehanik xossalari yuqori bolgan 300x300x50 olchamli keramik g’isht olish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar yetarli emas Qumli soztuproq sifatini yaxshilash maqsadida uni boyitish texnologiyasiga oid malumotlar va tafsiyalar ham adabiyotlarda yetarli darajada chop etilmagan Shuningdek g’isht massasi tarkibiga texnogen chiqindi va koks kukuni kiritib yoqilg’i energiyasi resurslarini tejashga oid malumotlar va tafsiyalar ham adabiyotlarda yetarli darajada yoritilmagan.

    Qumli soztuproq va tehnogen chiqindilarni qollagan holda klinker G’isht olish texnologiysini ishlab chiqish bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi hisoblanadi Qoyilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olndi:

    - Dastlabki hom ashyo va tehnogen chiqindilarni tarkib hossalarini o’rganib chiqib keramik g’isht tarkiblarini ishlab chiqish

    - Keramik massani tayyorlash usulini va quyish rejimlarini ishlab chiqish

    - Fizik mexanik hossalari yuqori bolgan 300x300x50 olchamli keramik g’isht olishning energotejamkor texnologiyasini yaratish

    - Olingan natijalar asosida keramik g’isht ishlab chiqarishning texnik iqtisodiy samaradorligini aniqlash

    - Fizik mexanik hossalar yuqori bolgan 300x300x50 olchamli keramik g’isht ishl;ab chiqarish uchun xom ashyo sifatida qumli soztuproq g’isht sinigi koks ishlatiladi Bu usulda keramik g’isht ishlab chiqarishda bir xil tarkibli press kukuni olnishi past sifatli hom ashyodan sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi Sachratqichli quritgichda hosil bo’lgan kukundan presslangan g’isht 2 barobar kam suv shimuvchanlik 7 barobar kam ishqalanishga 3 barobar mustahkamlikka ega.

    IV.Tajriba – tadqiqotlar qismi
    4.1 Tajriba o’tkazish uchun uslub tanlash va uni asoslash
    Tajriba tadqiqotni abyektini tanlash va homashyo tarkibini o’rganish quyidagi tartibda olib borildi:


    • Tajriba uchun olingan homashyo labarotoriya sharoitida agat ezgich bilan chinni xavonchada ezib maydalandi;

    • Massa elakdan o’tkazilib saqlash uchun maxsus idishga solib qo’yildi;

    • Zaruriy xolotlarda massa namligini kamaytirish maqsadida quritgichda quritildi;

    • Massa tarkibiga qo’shish uchun mo’ljallangan g’isht sinig’I agat ezgich bilan chinni hovonchada ezib maydalandi;

    • Massa tarkibiga qo’shish uchun mo’ljallangan boshqa homashyolarni ham tayyorlab turli xil nisbatlarda aralashtirildi;

    Biz keramik massaga ishlov berishning yarim quruq usulda ishlab berishni tanladik va tajriba uchun keramik massani quyidagicha shakllar berib tayyorlandi va fizik mexanik xossalari aniqlandi:

    • Siqilishga mustaxkamlik chegara qiymatini aniqlash uchun 50*50*50 mm o’lchamdagi kub shaklidagi namuna tayyorlandi:

    • Maxsulotni qayishqoqligini aniqlash uchun 135*25*10 mm o’lchamdagi silindr shakldagi namuna tayyorlandi:

    • Keramik mas1sani havoda quritganda undagi yo’qotilishni xisobga olish uchun 110*110*16 o’lchamli namuna tayyorlandi:

    Yuqoridagi ko’rsatmalar asosida tayyorlangan namunalar quritish shkafida 110-120o C da quritildi.

    Keyin namunalar labarotoriya sharoitidagi tezligi 200o C/ soat bo’lgan mufel pechida pishirishga qo’yildi. Pech muxiti xarorati platinali termojuft yordamida nazorat qilindi.

    Turli xil haroratlarda pishirilgan namunalarni quyidagi xossalari, xom ashyoni quritishga ta’sirchanligi, suv shimuvchanligini, shakl berishdagi namligi, havoda va kuydirishdagi massa yo’qotilishi, pishishi intervali, siqilishga va egilishga mustaxkamligi, haqiqiy zichligi, issiqlikga chidamliligi kabi xossalari keramik maxsulotlar texnologiyasida standart uslublar talabi asosida o’rganildi [16].

    Xom ashyo materialini qayishqoqligini aniqlashda Atterberg uslubidan foydalandik [H18]. Bu uslubda oquvchan yuza chegarasining namligi va tekis yuza chegarasining namligi orasiagi farqdan qayishqoqlik qiymati aniqlandi.

    Qayishqoqlik qiymati quyidagi formula asosida aniqlanadi:

    П=WT - WP

    Bu yerda, П- qayishqoqlik qiymati, WT – oquvchan yuza chegarasiga muofiq massaning obsolyut namligi; WP – tekis yuza chegarasiga muofiq massaning obsolyut namligi;

    Xom ashyo materialini kiritishga sezuvchanlik xossasini aniqlash uchun plitka ko’rinishidagi massani xona xaroratida 15-20o C da kuritildi. Namuna xar 4 – 6 soatdan 0.1 g dan katta bo’lmagan xatolikda o’lchanib turildi va belgilashlar orasidagi masofalar farqidan chiziqli yo’qatilishi aniqlandi. Keyin umumiy massa yo’qotilishini aniqlash uchun namuna kiritish shkafida 105-110o C da 2-3 soat mobaynida kiritildi va quruq namunani obsolyut massasi belgilandi. Shu bilan birgalikda xom ashyoning tegishli keramik namliklari kiritildi.[16].

    Shundan keyin, xom ashyoning quritishga sezuvchanlik koiffitsenti A.F Chizs uslubi asosida quyidagi formuladan aniqlandi [17].

    KC = (WH - WK)/ WK, %

    Bu yerda: Kc – quritishga sezuvchanlik koiffitsenti; WH – boshlang’ich massaning xaqiqiy namligi,% ; WK – yo’qotilishlarni tugashi davriga bog’liq kritik xaqiqiy namlik,%

    O’rganilayotgan hom ashy ova keramik massani o’tga chidamliligini aniqlash uchun tajribadan konus uslubidan foydalandik. Kichik tajribalarda maxsus materiallarda qismlarga ajratiladikan uch tomoni qirqilgan piramida shaklida bo’ladi, uning standart o’lchamlari balandligi 30 mm, past tomoni 50 mm va yuqori tomoni 2 mm, hamda qaysidir bir qiymati asosioga perpendikulyar bo’ladi.

    Boshlang’ich namuna quruq havo sharoitida 110- 135o C da quritildi, keyin esa qo’shimcha issiqlik bilan ishlab berish uchun pechka kiritildi. Shu bilan birga standart piroskop maxsus o’rnatgichga o’rnatildi. Haroratni termopara bilan nazorat qilindi. Shu bilan birgalikda haroratni yumshatishi va konusni ag’darilishi belgilanib berildi.

    Siqishga mustaxkamlik chegarasini aniqlash uchun 50*50*50 kub shaklidagi 5 namuna teng ikki qismga bo’linib 400 markadan kam bo’lmagan porlandsementdan tayyorlangan qorishma yordamida ustma ust yopishtirildi, kub shaklidagi namuna 3 -4 sutkadan keyin gidravlik pressda siqishiga mustaxkamlik chegarasi aniqlandi.

    Namunani siqishiga chidamliligi quyidagi formula orqali hisoblandi.

    Rsiq=P/F

    Bu yerda, P- pressning nazorat mili ko’rsatib turgan yemiruvchi kuch og’irligi, kg ; F- namunaning kesim yuzasi mm2; Rsiq- siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, MПa.

    Egilishga mustahkamligini aniqlash uchun g’isht presning bir-biridan 200 mm mucofada joylashgan ikki tayanchiga cerbar yuzasi bilan yotqizildi (4.1-rasm).




    4.1-rasm. G’ishtning egilishga mustaqillik darajasini aniqlash.
    Tayanchlar 10-15mm radius bilan dumaloqlangan bo’lishi kerak. G’ishtning qoq o’rtasiga xuddi shunday dumaloq tayanch orqali kuch qo’yildi. G’isht tayanchlarga to’q’g’ri joylashishi va ularga yopishib turishi lozim, buning uchun g’ishtning uchta joyiga va tepadan kuch bilan bosiladigan joyiga sement qorishmadan eni 20-30mm bo’lgan tasmalar yotqizildi. Namunalar to qorishma qatlami toshdek qotguncha 3-4 sutka laboratoriyada saqlanildi. Sinash oldidan g’ishtning ko’ndalang kesimini uning tayanchlar orasidagi o’rta joyidan 1mm gacha aniqlikda ulandi. G’ishtlar 5 tonnalik gidravlik prtsda siqildi. Maxsulotning egilishga mustaxkamligini quyidagi ifoda orqali ifodalaniladi.

    Reg=MW=PL4 bh26=3PL(2bh)2

    Bu erda: M-Egilish davri kg|m;

    W-qarishlik davri;

    P-emiruvchi kuch og’irligi, kg; L-tayanchning joylashtirish xolati, mm; bh-namunaning rtngligi va qalinligi,mm:

    Namunaning zichligi piknometr metodika 250C haroratli distillangan suv orqali aniqlandi. Namunaning zichligi tubandagi ifoda orqali ifodalanildi.

    ρ=g1 ρж/g2 g1-g3;

    Bu yerda g1 – quruq namunaning xaqiqiy massasi; kg, g2 – piknolitrdagi suvning massasi,kg; g3 – suvni va namunani piknometrda ko’rsatilgan massa,kg; ρж – suvning zichligi, kg/sm3;

    Massani xaqiqiy zichligini anbiqlash uchun tanlab olingan va puxta aralashtirilgan o’rtacha namunadan tarozida 200-220 g tortib olindi.

    Namunaning quritish javonida 110-115o C haroratda doimiy massagacha quritildi, so’ngra chinni havonchada tugildi. Hosil bo’lgan tugun kukun turning nomeri 02 bo’lgan elakdan o’tkazildi. Elakda elangan kukundan tarozida 180 g tortib olindi va 110-115o C da yana quritildi, so’ngra ekstraktorda uy haroratigacha sovutildi va sinovdan o’tkazilgunga qadar eksiqatorga saqlandi. Materialning haqiqiy zichligi Le- Shatele hajm o’lchagichida aniqlandi (4.3-rasm).





    4.2-rasm. Le- Shatele hajmo’lchagichi 1-hajmo’lchagich; 2-suvli idish; 3-termometr
    Bu asbob bo’yni ingichka va hajmi 120-150 sm3 bo’lgan shisha qo’lbadan iborat: Qo’lba bo’ynining o’rta qismi yo’g’onlashtirilgan, shu dumaloq qismdan yuqoriga va pastki ikki chiziq tortilgan, qo’lbaning mazkur chiziqlari orasidagihajmi 20 sm3 tashkil etadi. Uning bo’yni chiziqlar yordamida darajalarga bo’lingan, har bo’limning qiymati 0.1 sm3 hajmo’lchagichga uning no’l chizig’iga yetkazib suvsizlantirilgan kerasin quyildi. So’ngra hajm o’lchamining suvdan (no’l chiziqdan) yuqorigi qismi fitr qog’oz bilan artildi.
    Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.
    Keyin hajmo’lchagich suv betiga ko’tarilmasligi uchun kolba bo’ynining darajalarga bo’lingan qismi suvga botib turadigan qilib mahkamlab qo’ydik.

    Maxsulotni havoda va pishirishdagi hajm kamayishi namunalar asosida aniqlandi. Plastic usulda tayyorlangan massa o’lchamlari olinib ochiq havoda quritildi. Namlikning yo’qotilishi hisobiga massaning hajmi kirmaydi va buni havoda quritilganda kirishi deb yuritiladi.

    Pishirishdagi massaning kamayishi ham namunani o’lchamlarini aniqlab so’ngra pishirishga qo’yildi. Pishirishdan keyin massaning o’lchamlari qaytadan olindi va yo’qotilish hisoblanadi.

    Yuqori haroratlarda suv organik birikmalar va gaz fazasiga o’tib ketadigan moddalar hisobiga pishirish davrida massada hajmning kamayish yuz berdi. Namlikni yo’qotilishi tajriba natijalari asosida quyidagi formuladan aniqlandi.

    ƳB =[(Lo- L1)/ Lo]*100%

    Bu yerda, Lo – plastic shakldagi namuna uzunligi, mm; L1 –namunaning kiritishdan keying uzunligi, mm ;

    Namunani havoda kiritilgandan keyin labarotoriya sharoitidagi mufel pechida 1050 o C da ikki soat pishirildi. Bu tajriba kamida 5 marta takrorlandi va natijalar asosida o’rtacha qiymat belgilab olindi.

    Maxsulatning suv shimuvchanligini aniqlash uchun uchta yarimtali g’isht harorati 15-20o li suv to’ldirilgan, idishga 48 soat yoki qaynab turgan suvga 4 soat solib qo’yib suv to’yintirildi. Keyin ular 105-110o C issiqlikda to massasi o’zgarmaydigan bo’lgunga qadar qurtitildi. So’ngra tarozida ketma-ket ikki marta o’lchandi. 1-aniqlangan massa bilan 2-aniqlangan massa orasidagi farq 0.2 dan katta bo’lmasa uni barqaror massa deyish mumkin. G’ishtlarni obdon sovutgandan keyin taroziga tortildi. Quritilgan g’ishtlar birinchi marta tortilib oradan kamida 3 soat o’tgach, ular ikkinchi marta tortib ko’rildi.

    G’ishtlarni suvga to’yintirish quyidagi tartibda olib borildi. G’ishtlar harorati 15-20o C li suv quyilgan idishga solinib qo’yildi, suvning satxi g’ishtning ustki yuzasidan hisoblanadi, uni 2-10sm baland qilib joylashtirildi. G’ishtlar 48 soatdan keyin suvdan olindi, xo’l latta bilan artildi va darhol taroziga tortildi. G’ishtdan tarozi pallasiga oqib turgan suvning massasi ham g’ishtning massasiga qo’shildi.

    Namuna g’ishtning suv shimuvchanligi CM (%) quyidagi formula bo’yicha aniqlandi.

    CM =(m1-m)*100/m

    Bu yerda, m1- suvga tushgan g’ishtning massasi, g; m- massasi barqarorlashguncha quritilgan g’isht massasi , g ;

    Tadqiqot ishidan olingan natijalar ГОСТ 530-95 talablariga solishtirildi va mos kelishi aniqlandi.

    Viloyatimizda qurilish g’ishti ishlab chiqarishda asosan qumli tuproq mineralidan foydalaniladi.

    Bu tur xom ashyo asosan quyidagicha tariflanadi.


    • Xom-ashyo tarkibida SiO2 ning miqdori g’isht ishlab chiqarishda belgilangan meyorlarga nisbatan yuqori bo’lib 22,00-69.82 %;

    • Al2O3 ning miqdori kam bo’lib 7.35-16.39 %

    • CaO ning miqdori yuqori-2.00-28.10% larni tashkil qiladi.

    Qumli soztuproq och qo’ng’ir rangda bo’lib yuqori tuzilishga ega bo’lgan mineral modda 10 % li xlorid kislota bilan o’zaro tasirlashganda ko’piradi, bu esa uning tarkibida korbanatli tuzlar mavjudligidan dalolat beradi. Uning glanumetrik tarkibi quyidagicha:

    4.1 jadval.

    Qumli soztuproqning granulametrik tarkibi

    Mayda dispers zarrachalarning o’lchami,mm

    Hom ashyo tarkibidagi ulishi,%

    1,0-0.063

    1.59

    0.063-0.01

    43.88

    0.01-0.005

    16.23

    0.005-0.001

    18.96

    0.001 dan kichik

    19.34

    Jami:

    100

    Qumli soz tuproq minerali kam plastikli, nordon va rang beruvchi gellarga mansub ekanligi aniqlandi.

    4.2-jadval.

    Qumli soz tuproqning kimyoviy tarkibi



    qumli

    Tarkibi,%

    soztuproq



    SiO2

    Al2O3

    TiO2

    Fe2O3

    CaO

    MgO

    SO3

    Na2O

    K2O

    CO2

    H2O

    k.k.m

    1

    50.75

    10.92

    0.56

    4.58

    12.52

    3.07

    0.49

    1.43

    2.33

    9.22

    0.91

    2.67

    2

    59.20

    11.22

    0.45

    5.67

    11.52

    4.07

    1.62

    1.02

    1.88

    8.70

    0.6-1.6

    2.80

    3

    61.3

    15.6

    0.39

    6.96

    12.6

    2.34

    0.30

    0.52

    1.87

    7.67

    0.3-0.9

    2.12

    Keramik g’ishtni ishlab chiqarish jarayonida hamda uni transportirofka qilish va ishlatish jarayonida 15% gacha g’ishtlar sinib yaroqsiz holga kelib qoladi. G’isht sinig’ini maydalagichdan o’tkazib massa tarkibiga 10-30 % atrofida qo’shish mumkin. G’isht sinig’ini kimyoviy tarkibini quyidagi jadvaldan keltirilgan.


    4.3-jadval

    G’isht sinig’ining kimyoviy tarkibi



    Namunalar soni

    Asosiy oksidlar miqdori massa %



    SiO2

    Al2O3

    TiO2

    Fe2O3

    CaO

    MgO

    Na2O

    K2O

    Ʃ

    1

    60.25

    13.60

    0.40

    6.17

    13.02

    3.27

    1.12

    2.07

    100

    2

    60.35

    13.70

    0.43

    6.14

    13.00

    3.29

    1.01

    2.18

    100

    3

    60.30

    13.65

    0.64

    5.93

    13.13

    3.32

    1.02

    2.11

    100

    Energiyaning sarfini tejash maqsadida massa tarkibiga 1-5% miqdorida “Xorazm shakar” hissadorlik jamiyatida saturatsion gaz olishda ishlatiladigan koksning kukun qismi (chiqindi) ni qo’shdik. “Keramik g’isht massasi- koks kukuni ” tizimida olingan g’ishtlarning xossalari o’rganildi.


    4.2. Tajriba o’tkazish tafsifi
    Mexanik mustaxkamlik chegarasi yuqori va kimyoviy ta’sirlarga turg’un bo’lgam g’isht olishga qaratilgan tadqiqotlar va ularga qo’yilgan talablardan kelib chiqgan xolda, keramik g;isht olish uchun massa tarkibini shakllantirishga quyidagi ko’rsatkichlarga erishish ko’zda tutildi;

    • Yo’lbop keramik g’ishtning ishqalanishga mustaxkamligi 0.5 mg/sm2 dan kam bo’lmasligi kerak

    • Suv shimuvchanligi 6.0 % dan ko’p bo’lmasligi zarur;

    • Kimyoviy mustaxkamligi 1.0 atrofida bo’lishi kerak.

    Bu xsusiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan maxsulot olish uchun uning tarkibiga mullit, anartit, kristabalit kabi minerallarni xosil qilish kerak bo’ladi. Ma’lumki, mullit mineralining xosil bo’lish extimoli massa tarkibida Al2O3 komponentning miqdori yetarli darajada emasligini nazarda tutib uning miqdorini oshirish uchun massa tarkibiga qo’shimcha ravishda Al2O3 tutgan komponentlar- qaolin, bentonit, texnik glinozem kabi tannarxining yuqoriligi bilan ajralib turuvchi qomponentlarni kiritish zarur. Ammo, bu komponentlarning qiyin eruvchanlik xossasiga egaligi hamda narxi qimmatligi bu yo’sinda maxsulot olishda g’ishtning tannarxini oshib ketishiga olib keladi.

    Shu sababli, ushbu ishda g’isht massasi tarkibida anartit, vollastanit, kristabalit mineralini xosil qilish va shu xisobiga g’isht xsusiyatlarini oshirish imkonini beruvchi texnologik va iqtisodiy qulay omillarni qo’llash ustida tadqiqotlar olib boriladi. Bu maqsadda tajribani rejalashtirishning matematik madellashtirishusullaridan foydalanib keramik g’isht tarkiblari ishlab chiqildi. Bunda qumli soztuproq miqdori massa 65-100%; g’isht sinig’i 10-33%; koks kukuni 2-5 % qilib, aloxida va ularning kobbinatsiyalaridan foydalanilgan xolda tarkiblar tayyorlandi. Tajriba tarkiblari 4.4-jadvalda keltirilgan.



    Labarotoriya sharoitida komponentlarga ishlab berish quyidagi tartibda amalgam oshiriladi:

    • Qumli soztuproq chinni havonchada yanchildi.

    • Mexanik mustaxkamligini oshirish uchun qo’shilayotgan g’isht sinig’I zo’ldirli tegirmonda o’lchami 0.01 mm gacha to’yildi;

    • Qo’qs kukini xam zo’ldirli tegirmonda to’yildi;

    • G’isht massasi tarkibiga kiruvchi komponentlar belgilangan miqdorda electron tarozida o’lchab olindi va namligi 35-50% qilib glinker tayyorlandi;

    • Glinker elakdan o’tkazilib membranali nasos yordamida sachratqichli quritgichda quritilib, press-kukun tayyorlanadi.

    Tayyor press-kukinining namligi 8-10% gacha bo’ladi. Tranula xolida kukun bo’lib tushgan press-kukun presslarga berildi. Yarim-quruq usulda presslashda ikki poyali ikki tamonlama presslar ishlatiladi. Birinchi va ikkinchi poyalar o’rtasida presslarning xavosi chiqishi uchun tanafus bo’lishi lozim. Qurilmadagi bosim 3-15 MПa. Massaning ikkinchi bosqichda siqish 22.5-50 MПa ostida olib boriladi. Massani pishirish tunelli pechlarda olib boriladi.

    Labarotoriya sharoitida namunalar elektr xumdonida pishirildi va olingan namunalarning fizik-kimyoviy, mexanik, bezak beruvchi xossalari o’rganildi bu boradagi tadqiqot natijalari 4.5- jadvalida bayon etilgan.



    Download 1,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. ISHNING QISQACHA MAZMUNI MAQSAD VA VAZIFALAR

    Download 1,23 Mb.